INTELLEKT

INTELLEKT (lot. intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning aqliy qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash, oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqeahodi-salarni oldindan koʻra bilish layoqati. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr yuritish, soʻzlash va h. k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tugma isteʼdod, miya imkoniyatlari, joʻshqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy omillarga bogʻliq. Intellekt saviyasi, darajasi inson faoliyatining natijalariga, shuningdek, psixologik testlarga qarab ham belgilanadi (q. Intellektuallik koeffitsiyentы).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x