Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Yodingizda tuting, azizligingiz Islomga amal qilishingizdadir. Sizlarga nusrat Alloh taologa qurbat hosil qilganingizda keladi. Birorta xatoni kichik sanamanglar! Dushmanga ishonmanglar!
Sulton Abdulhamid II rahimahullohning vasiyatidan
*****
Hech qachon ilm olayotgan kishidan qoʻrqmadim. Ammo baʼzi kitoblarni oʻqib olib, oʻzlarini olim deb hisoblaydigan anavi ahmoqlardan yiroq yuraman.
Sulton Abdulhamid II rahimahulloh
*****
Kuchli – boshqaning ustidan hukm qilgan kimsa.
Buyuk – oʻz nafsining ustidan hukm qilgan kishi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Insonlarning qandayligini musofirlikda yoki musibat kelgan paytda bilasan.
Abdurrohman Muniyf
*****
“Meni falonchi yubordi” degan soʻz 10 yillik tajriba va 5 ta diplomga teng boʻlib qoldi.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Koʻp dushmanlarga yoʻliqdim. Lekin ularning ichidagi eng yomoni oʻzlarini mening doʻstim ekanini daʼvo qiluvchilardir.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
*****
Ogʻriq qoldiruvchi vositalar – koʻp yurish va insonni xursand qiladigan ishlar bilan mashgʻul boʻlishdir.
Abu Ali ibn Sino
*****
Chin muhabbat – sobit turganidir.
Ketadigan muhabbat muhabbat emas.
Oʻzgaradigan muhabbat muhabbat emas.
“Tarix muhrlagan soʻzlar”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/insonlarning-qandayligini-musofirlikda-yoki-musibat-kelgan-paytda-bilasan/