INONU

INONU (Jnonu) Ismat (1884-1973) — Turkiya davlat va siyosiy arbobi. Otaturkttg eng yaqin safdoshi. Armiya Bosh shtabi boshligʻi va Gʻarbiy front qoʻmondoni boʻlgan. 1921-y. yanv. va mart oylarida Inonu qishlogʻidagi jangda Inonu qoʻmondonligidagi Turkiya armiyasi grek bosqinchilari ustidan gʻalaba qozongan. Turkiyada familiya rasm boʻlgach, oʻsha gʻalaba sharafiga Inonu degan familiya olgan. 1922-y. Tashqi ishlar vaziri. 1923— 37 (tanaffus b-n) va 1961—65 y. larda Bosh vazir. 1938 — 50 y. larda Xalq respublikachilar partiyasi (XRP) raisi va respublika prezidenti boʻlgan. XRP parlament saylovida yengilgach, majlis (parlament) dagi XRP oppozitsiyasiga boshchilik qilgan. 1961—65 y. lari Bosh vazir, keyinchalik yana oppozitsiya rahbari. 1972-y. dan isteʼfoda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x