INGLIZ-FRANSUZ-XITOY URUSHI

INGLIZ-FRANSUZ-XITOY URUSHI (1856—60) , ikkinchi «afyun» urushi — Angliya va Fransiya tomonidan Xitoyga qarshi uyushtirilgan bosqinchilik urushi. Angliya va Fransiya oʻz tovarlarini Xitoyning ichki viloyatlariga erkin kirib borishiga erishish, daryo portlarini xorijiy savdo uchun ochishga harakat qilganlar; Angliya va Fransiya Pekinda oʻz diplomatik vakolatxonalarini taʼsis etish, erkin missionerlik faoliyati yurgizish talabini qoʻyishgan. 1856-y. okt. da mojarolardan foydalanib («Errou» kemasi bilan boʻlgan va b.) inglizlar Guanchjouga qarshi harbiy harakatlarni boshlaganlar. 1857-y. Angliya hukumati Xitoyga yangi qoʻshinlar joʻnatgan. Angliya-Fransiya muzokaralari (1856-y. sent. — 1857-y. mart)dan soʻng Fransiya ham urushga tortilgan. Ularni AQSH qoʻllab-quvvatlagan. 1857-y. dek. da ingliz-fransuz bosqinchilari Guanchjouni egallagan. Guandunda xalq qarshilik harakati boshlangan. 1858-y. apr. da bosqinchilarning harbiy kemalari Shim. da harbiy harakatlarni boshlab yuborgan; 1858-y. mayda ular Dagu istehkomi va Tyanszin portini bosib olishgan. Sin hukumati Angliya va Fransiya bilan 1858-y. iyunda teng huquqli boʻlmagan Tyanszin bitimlarini imzolashga majbur boʻlgan. Biroq, Angliya va Fransiya Xitoyni yanada koʻproq yon bosishga majbur qilishga intilishgan. Daguda ingliz-fransuz eskadrasi magʻlubiyatga uchragan, bu harbiy harakatlarni qayta boshlashga barona boʻlgan. 1860-y. iyulda 10 ming kishilik ingliz armiyasi va 6 ming kishilik fransuz armiyasi Dagu istehkomlarini qamal qilishgan. Avg. da Xitoy armiyasi magʻlubiyatga uchragan. Dagu istehkomlari va Tyanszin bosqinchilar tomonidan qayta bosib olingan (25 avg.). Boshlangan sulh muzokaralari natijasiz tugagan. Ingliz-fransuz qoʻshinlari Pekinga yurish boshlagan. 21 sent. da manjur-moʻgʻul otliq qoʻshini Pekindan bir necha km uzoqlikdagi Balisyao koʻprigi yonidagi jangda ingliz-fransuz qoʻshinlaridan yengilgan. Imperator I Chju (Syan-fin) va uning saroyi qarshilik koʻrsa-tishdan voz kechib poytaxtdan krchishgan. Bosqinchilar Pekinni egallab (1860-y. okt.) Xitoy meʼmorligining ajoyib namunasi — imperatorning yozgi Yuanminyuan saroyini talon-taroj qilib, unga oʻt qoʻyganlar. 1860-y. okt. da teng xuqukli boʻlmagan Pekin bitimlari imzolangan. I.-f.-x. u. Xitoyni yarim mustamlaka mamlakatga aylanishidagi eng katta bosqich boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x