INERT GAZLAR

INERT GAZLAR (lot. iners — faoliyatsiz) , asl gazlar, nodir gazlarMendeleyev davriy sistemasining O guruhiga mansub kimyoviy elementlar: geliy Ne (at. raqami 2), neon Ne (10), argon Ag (18), kripton Kg (36), ksenon Xe (54) va radon Rn (86). Bulardan fakat radon radiofaol element, barqaror izotopi yoʻq. Inert gazlar atomlarining tashki elektron kavati (geliyda 2 ta, qolgan Inert gazlarda 8 ta elektron bor) mustahkamligidan ular kimyoviy jihatdan nihoyatda sust (I. g. nomi shundan olingan). 1868-y. da fransuz J. Jansen va ingliz N. Lokyer kuyosh spektridan birinchi inert gaz — geliyni topishgan. 1892—1908-y. da boshqa Inert gazlar kashf qilindi. Inert gazlarning molekulalari bir atomli. Barcha Inert gazlar rangsiz va xidsiz boʻladi. Inert gazlar havoda (1 m3 havoda 9,4 l), suvda, baʼzi mineral va tof jinslarida bor. Geliy yer osti gazlari va mineral manbalar gazlari tarkibida uchraydi. Radon uran va radiyning radioaktiv preparatlaridan, boshqa Inert gazlar esa havodan ajratib olinadi. Tashki elektron qavati toʻla (8 ta elektron) boʻlgani uchun Inert gazlarni qattiq yoki suyuk holatda olish juda qiyin. Uzoq vaqtgacha Inert gazlarning birikmalarini olish mumkin boʻlmadi. 1962-y. da kanadalik olim N. Barlett Xe bilan PtF3 birikmasini sintez qshtib, Inert gazlar kimyoviy reaksiyalarga mutlaqo kirishmaydi, degan fikrlarga chek qoʻydi. Hoz. vaqtda Inert gazlarning juda koʻp kimyoviy birikmalari olingan. Birikmalardagi Inert gazlarning oksidlanish darajalari +1, +2, +4, +6 va +8 ga teng. Inert gazlar ftor, ftorli birikmalar b-n birika oladi. Ularning oksidlari (XeO3, XeO4), oksigalogenidlari olingan. Geliydan tash-kari barcha Inert gazlar suv va fenol bilan birikmalar hosil kila oladi. Radio va elektronika sanoatida, shuningdek, lyuminessent va axborot lampalarini, havo sharlarini toʻldirishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x