INERSIAL SANOQ SISTEMASI

INERSIAL SANOQ SISTEMASI — Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanok, sistemasi. Bunda har qanday jism oʻzining tinch holatini yoki toʻgʻri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan taʼsir koʻrsatilib, uning shu holatini oʻzgartirishga majbur qilmagunicha saklaydi. Inersial sistemaga nisbatan toʻgʻri chizikli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli Inersial sanoq sistemasi yeda bir xil koʻrinishga ega (q. Nisbiylik prinsipы); moddiy nuqtaning tezligi yorugʻlik tezligidan koʻp marta kichik boʻlganda uning turli Inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlari orasidagi boglanish Galiley almashtirishlari b-n, tezligi yoruglik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi.

Har qanday yakkalangan sistemani Inersial sanoq sistemasi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi taʼsirlardan xoli mutlak, yakkalangan sistema mavjud boʻlmagani uchun Inersial sanoq sistemasi ideallashtirilgan mavhum tushunchadir. Amalda Inersial sanoq sistemasi sifatida taqriban Yer, Kuyosh, galaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan poyezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati oʻrganiladi. Mac, osmon mexanikasi va kosmonavtika masalalarini hal qilishda Inersial sanoq sistemasi sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning oʻk/1ari uchta yulduzga qaratiladi. Koʻpgina masalalarni hal etishda Inersial sanoq sistemasi sifatida Yer qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sis-temalar turlicha darajada inersialdir.

Sanoq sistemalarining inersialligi masalasi fizik maydonlarni hisobga olish zarur boʻlganda murakkablashadi. Darhaqiqat, nisbiylik nazariyasi shuni koʻrsatadiki, gravitatsiya maydoni hisobga olinganda butun fazoda Inersial sanoq sistemasi mavjud emas; lekin kichik vaqt oraligʻida va fazoning yetarli dara-jada kichik sohasi uchun lokal — gali-ley Inersial sanoq sistemasi kiritilishi mumkin.

Inersial sanoq sistemasi era nisbatan tezlanishli harakatlanayotgan sistemalar noinersialdir. Harakatni tavsiflash uchun noinersial sanoq sistemalari tanlangandagi nazariya umumiy nisbiylik nazariyasi deyiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x