INDIKATORLAR

INDIKATORLAR (kimyoda) – tekshiriladigan eritmadagi biror komponent konsentratsiyasining oʻzgarishi bilan rangi, lyuminessentsiyasini oʻzgartiradigan yoki choʻkma hosil qiladigan moddalar. Indikatorlar, asosan, kimyoviy reaksiya tugaganini yoki eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiya-sini titrimetrik tahlilda ekvivalent nuqtasini (titrlashning oxirgi nuqtasini) aniqlash uchun qoʻllaniladi. Indikatorlar ishtirokida reaksiya pirovardida tekshirilayotgan eritma rangi oʻzgaradi; eritma tiniq boʻlgan boʻlsa, rangsiz yoki rangli choʻkma hosil boʻladi yoki aksincha, loyqa yoʻqoladi.

Kislota-asos indikatorlari — muqitda vodorod ionlari konsentratsiyasi (rN) turlicha boʻlganda rangini oʻzgartiradigan moddalar. Neytrallash reaksiyasi uchun ishlatiladi; mas, neytral muhitda rangsiz boʻlgan fenolftalein ishqoriy muhitda qizaradi. Rangli choʻkmalar ho-sil qiladigan maxsus Indikatorlar (adsorb-sion Indikatorlar) koʻpincha choʻktirish reaksiyalari uchun tekshiriladigan erit-malar b-n rangli eruvchan birikmalar qosil qiladigan Indikatorlar (kompleksa-nometrik Indikatorlar) kompleks hosil qilish reaksiyalari uchun ishlatiladi. Oksidlanshiqaytarilshi reaksiyalari uchun baʼzan maxsus Indikatorlar zarur; mas, yod bilan titrlashda kraxmal I. sifatida qoʻshiladi, u yod taʼsirida koʻk tusga kiradi. Aksari oksidimetrik titrlash reaksiyalari uchun umumiy oksidlovchiqaytaruvchi Indikatorlar (oksidlanish yoki kaytarilishi bilan rangini oʻzgartiradigan organik moddalar) qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x