INDIKATOR OʻSIMLIKLAR

INDIKATOR OʻSIMLIKLAR (lot. indico — koʻrsataman, aniqlayman) — muayyan ekologik sharoit bilan bevosita bogʻliq oʻsimliklar (yoki ular guruqi). Indikator oʻsimliklarning biror joyda oʻsishiga qarab oʻsha joyga tavsif berish mumkin. Indikator oʻsimliklardan tuproqning mexanik tarkibi va shoʻrlanishini aniqlashda, choʻllarda chuchuk suvlarni va ayrim foydali qazilmalarni qidirib topishda foydalaniladi. Mac, bugʻdoydoshlarning ayrim turlari (Festula ovina, Agrostis tennus va b.) — tuproqda qoʻrgʻoshin borligi; gunafshadoshlarrux; burchokdoshlarning ayrim turlari — selen; koʻpchilik gʻallasimon oʻsimliklar va yoʻsinlar — mis va kobalt; yantoq — yer osti chuchuk suvlari; okbosh, shoʻrajriq va shoʻradoshlar oilasining koʻpchilik turlari tuproq shurlanishining indikatorlari hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x