INDIANAPOLIS

INDIANAPOLIS — AQSHning shim. dagi shahar, Uayt-River daryosi boʻyida. Indiana shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 791 ming, shahar atrofi bilan birga 1,2 mln. kishidan ziyod (2000). T. y. va shosse yoʻllar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Yetakchi sanoat tarmogʻi — mashinasozlik; aviatsiya va avtomobil dvigatellari, avtomashinalar uchun qismlar va uskunalar, elektr asboblari, aloka buyumlari, maishiy tele – va radio apparatlari, oʻlchovhisoblash pri-borlari, qurilish uskunalari, q. x. qurollari ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Rangli metallurgiya, kimyofarmatsevtika, poligrafiya, qogʻoz sanoatlari xdm rivojlangan. Muzey, 2 ta un-t bor. Indianapolisga 1820-y. da asos solingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x