INBRIDING

INBRIDING (ing. inbreeding, in – ichida va breeding — koʻpaytirish) , insuxt — bir populyatsiya doirasida yaqin qarindoshlar yoki umumiy ajdodga ega boʻlgan organizmlarni oʻzaro chatishtirish. Organizmda qarindoshlik darajasining ortib borishi bilan gomo-zigotali organizmlarning vujudga kelishi ehtimolligi ham orta boradi. Inbridingning eng yuqori darajasiga oʻsimliklarni oʻzoʻzidan changlantirish, hayvonlarni qon boʻyicha yaqin yoki uzoqroq qarindoshlari b-n (ona x oʻgʻil), (qiz x ota), (buvi x nabira) va h. k. shakllarda urugʻlantirish (qochirish) orqali erishiladi (q. Gomozigo-talik). Mac, oʻsimliklarni oʻz changi bilan majburiy (bir yillik, guli ikki jinsli oʻsimliklarda) va qarindosh individlar changi bilan qaytadan (ayrim jinsli, ikki pallali oʻsimliklarda) changlanadi. Inbriding natijasida inbrid (oʻz-oʻzidan changlangan) liniya (insuxt li-niya)lar olinadi. Inbriding organizm belgi va xususiyatlarining avlodlarda rivojlanish va barqarorlashuvining ortib borishiga (konstantlikka) olib keladi. Tabiatda oʻz-oʻzidan changlanuvchi oʻsimliklarda Inbriding koʻpincha chetdan changlanish bilan almashib keladi. Oʻz-oʻzidan changlanish irsiy turgʻunlikni, chetdan changlanish esa geterozis va irsiy farqpanishni taʼminlaydi.

Inbridingdan retsessiv allellarni aniqlashda, organizmlarning koʻp allellari boʻyicha gomozigota (sof liniyalar) olishda, zot va navlardagi biror belgini rivojlantiruvchi allellarni saqlab qolishda foydalaniladi. Inbridingni qoʻllab koʻplab ekinlar navlari va hayvonlar zotlari yaratilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x