INʼIKOS

INʼIKOS (falsafada) — obyektlarning oʻzaro taʼsiri natijasida modda, energiya va axborot almashishi jarayoni. Inʼikosning eng sodda shakli mexanik oʻzaro taʼsirdir. Mas, tuproqda yotgan tosh tuproqda oʻz izini qoddiradi. Jonli organizmlarda Inʼikosning mu-rakkabroq turi — taʼsirlanish hodisasi sodir boʻladi. Mac, yomgʻir chuvalchangiga issiq jismni tekkiz-sangiz, issiqlik haqidagi informatsiya (axborot) chuvalchangga taʼsir qiladi va buning oqibatida chuvalchang tanasini issiqlikdan olib qochadi. Bu oddiy himoyalanish refleksidir. Murakkab jonli organizmlarda psixik Inʼikos roʻy beradi. Bu I. ning oliy shaklidir. Odamlar orasida esa soʻzlar orqali fikr almashish hodisasiga asoslangan ijtimoiy Inʼikos mavjud. Ijtimoiy guruhlarning oʻzaro taʼsiri oqibatida ijtimoiy Inʼikosning murakkab shakllari namoyon boʻladi.

Inʼikos murakkab fizik, kimyoviy, biologik, psixik va ijtimoiy jarayon boʻlib, bu jarayonda ishtirok etuvchilar oʻrtasida modda, energiya va axborot almashinish hodisasi roʻy beradi.

Borliqning tuzilish holatiga mos ravishda Inʼikos ham turli xil boʻladi. Noorganik holatda mexanik, fizik va kimyoviy Inʼikos turlari uchrasa, organik holatda esa biologik Inʼikos taʼsirlanish, murakkab reflektiv jarayonlar, in-stinktlar, irsiy oʻzgarishlar koʻri-nishida namoyon boʻladi. Ijtimoiy holatda esa insonning ruhiy, ijodiy, intellektual faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jamoaviy xattiharakatlarida, ijtimoiy oʻzgarishlarda, umumbashariy miqyosidagi muammolarning vujudga kelishi shaklida roʻy beradi. Mas, hozirgi zamonda butun sayyoramiz mikyosida vujudga kelgan ekologik vaziyat ham jamiyat faoliyatining tabiatdagi Inʼikos idir.

Sharq falsafasidagi inson oʻzining har bir nooʻrin xattiharakatlari uchun qaysidir bir paytda javob berishi muqarrar ekanligi haqidagi hikmatli ran «har qanday taʼsir oʻzining aks taʼsiriga egadir» degan maʼnoni beradi.

Inʼikosning oniy, bir lahzali, davomiy, uzoq muddatli va zanjirli kechuvchi turlari bor.

Baxtiyor Toʻrayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x