IMTIHON SESSIYASI

IMTIHON SESSIYASI — oliy, Urta maxsus va kasb-hunar ukuv yurtlarida muayyan mutaxassislik buyicha ukuv re-jasi asosida belgilangan imtihonlarni topshirish davri. Bir oʻquv yilida ikkita — qishki va yozgi (taʼlimning kunduzgi boʻlimida qishki Imtihon sessiyasi s, odatda, yanv. — fev., yozgi Imtihon sessiyasi mayiyun oylarida oʻtkaziladi) Imtihon sessiyasi boʻladi. Imtihon sessiyasi era kiritiladigan imtihonlar oʻquv rejasida belgilanadi; oliy oʻquv yurtlarida imtihonlar, odatda, 5 tadan, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlarida esa 4 tadan oshmaydi. Lekin oliy taʼlim amaliyotida mazkur cheklashga qatiy amal qilinmaydi. Imtihon sessiyasiga oʻquv rejasi boʻyicha mazkur semestr uchun moʻljallangan barcha sinovlarni mu-vaffaqiyatli topshirib, oʻquv dasturlarida belgilangan amaliy ishlarni bajargan talabalar, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlarida oʻqish ja-rayoni yakunida qoniqarsiz baho olmagan oʻquvchilar qoʻyiladi. Imtihon sessiyasi oʻquv yur-tining rektori yoki direktori tomonidan tasdiklangan jadval asosida oʻtkaziladi. Mazkur kursning oʻquv re-jasini toʻliq bajargan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talaba (oʻquvchi)lar keyingi bosqichga oʻtkaziladi. Oliy, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida ham, odatda, kishki va yozgi Imtihon sessiyasi oʻtka-ziladi. Ammo oliy yoki oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurti mansub boʻlgan yuqori tashkilotning roziligi va tegishli muassasalar bilan kelishilgan hollarda ularda Imtihon sessiyasi bir marta oʻtkazilishi ham mumkin. Sirtqi boʻlimlarda sinov va imtihonlarni topshirishga Imtihon sessiyasi sdan tashqari butun oʻquv yili da-vomida ruxsat etiladi. Imtihon sessiyasidan ajralmagan holda oʻqiyotgan talaba (oʻquvchi) larga Imtihon sessiyasi yeda qatnashishlari uchun maoshi saqlangan holda qoʻshimcha taʼtil beriladi. Talaba va oʻquvchilarning bilim, koʻnikma hamda malakalarini aniqroq belgilash uchun keyingi paytlarda Oʻzbekiston taʼlim tizimida reyting usuli joriy etilishi munosabati b-n I. s. larining qatʼiy belgilab beruvchilik vazifasi maʼlum darajada oʻz ahamiyatini yoʻqotdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x