IMPULSLAR GENERATORI

IMPULSLAR GENERATORI — kuchlanish yoki tok impulslari hosil qiladigan qurilma. Hosil boʻladigan impulslar muddati (1 s dan 10 ne gacha), takrorlanish chastotasi (0,1 Gs dan 100 MGs gacha), generatsiyalanadigan tebranishlar shakli (toʻgʻri toʻrtburchak, oʻtkir uchli, arrasimon va b.) boʻyicha farqlanadigan bir necha turi bor. I. g. bir kanalli (bir chiqishli) va kup kanalli (ikki va undan ortik, chiqishli) qilib ishlab chiqariladi. Bunda chiqish signallari turli qutbli va darajali boʻladi. Impulslar generatorida tebranish konturi boʻlmaydi, impulslar elektron klapanlarning ochilib-yopilib turishidan hosil boʻladi. Klapanlar sifatida transformator, elektr lampa yoki diodlar ishlatiladi. Elektron klapan berk vaktida energiya yigʻiladi, ochilishi bilan tashqi zanjirga impuls shaklida uzatiladi. Impulslar generatori radiotexnika va radioelektron apparatlarda, radiolokatsiya va hisoblash texnikasida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x