IMPERATOR

IMPERATOR (lot. imperator — hukmdor) — baʼzi monarxlarga berilgan unvon. Dastlab, Rim lashkarboshilari (mas, Yuliy Sezar va b.) ga berilgan. Rimda respublika tartibi tu-gatilib, monarxiya oʻrnatilgach, davlat tepasiga kelgan har bir merosxoʻr Imperator deb atalgan. 962-y. nemislar Shim. Italiyani bosib olgach, Germaniya qirollari oʻzlarini Imperator deb atay boshladilar. 15-a. dan bu unvon Avstriya monar-xlarigaoʻtdi. 1721-y. I. unvonini Pyotr I qabul qildi. Bundan keyingi rus podsholarining hammasi Imperator deb yuritildi. Napoleon I, Napoleon III lar ham oʻzlarini Imperator deb eʼlon qildilar. Bu unvon Xitoyda 1911-y. gacha mavjud edi. Yaponiyada hozir ham Imperator davlat boshligʻi hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x