IMMUNOKIMYO — immunologiyatsht immunologik hodisalarning molekulyar asoslarini fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida oʻrganadigan boʻlimi. Immunoglobulinlar (antitelolar), antigenlar tuzilishini, antitelolar bilan antigenlar oʻrtasida boradigan reaksiyalarni oʻrganish tufayli Immunokimyo fan sifatida rivoj topdi. Immunokimyo immunokomponent hujayralar yuzasi membranalarining tuzilishi, immun javobda bu hujayralarning oʻzaro taʼsir etish omillarini, limfotsitlarning koʻpayishiga olib keladigan re-aksiyalar mexanizmini ham oʻrganadi. Antitelolar tegishli antigenlar bilan oʻzaro taʼsir etishiga asoslangan immunokimyoviy tahlil usullaridan biol., tibbiyot va q. x. da keng foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые