ILONOʻTTI

ILONOʻTTI — Molguzar va Nurota togʻlari orasidagi togʻ yoʻlagi, Sangzor daryosining tor vodiysi (Jizzax viloyatida). Uz. 16—18 km, eni 200—500 m, eng tor joyida oʻzanning kengligi 30 m. Mutlaq bal. 450—550 m. Togʻ yon bagʻirlarining mutlaq bal. 65—700 m. I. ning kadimiy turkiy nomi Temir qapigʻTemir darvoza») boʻlgan. Bundan tashqari «Jizzax yoʻli», «Sangzor vodiysi» kabi tarixiy nomlari xam bor.

Ilonoʻttida mahalliy togʻ — vodiy shamoli esib turadi. Shamolning oʻrtacha tezligi sekundiga 2,3—2,8 m, eng kuchli esganda 25—28 m ga yetadi. Ilonoʻttining ikki yon bagri tik koʻtarilgan. Quyi paleo-zoyning slanes, qumtosh, marmarlashgan ohaktosh, porfiritlari (Molguzar togʻlari yon bagʻri) bilan intruziv jinslar — granit granodioritlardan (Quytosh togʻlari yon bagʻri) tuzilgan. Sangzor vodiysi oʻrta pleystotsenning boshlarida daryoning Molguzar togʻlarini yuvishi va uni kesib (yorib) utishi natijasida vujudga kelgan. Oʻsha davrda Mirzachoʻl xududining tektonik harakatlar tufayli bukilishi daryoning shu tomonga qarab oqishiga sabab boʻlgan.

Ilonoʻttidan Toshkent — Samarkand avtomobil yoʻli va t. y. oʻtgan. Avtomobil yoʻlini qurish yon bagʻir hisobiga amalga oshirilganligi tufayli u ancha tik va keskin burilishlarga ega.

Tog yoʻlagi sohibqiron Amir Temur nomi bilan atalib, u yerda sayohatchilar va yoʻlovchilar dam olishi uchun mex,monxonalar, choyxonalar va b. infratuzilmalarni qurish rejalashtirilgan (3-jild, 593-b. dagi suratga q.).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x