IKSOD KANALAR

IKSOD KANALAR (Ixodidae) – parazit kanalar oilasi. Och I. k. ning kat-taligi 1—10 mm. Tanasi elastik kutikula bilan qoplangan. Oziklanganda kutikulasi choʻzilish xususiyatiga ega. 1000 ga yaqin turi bor. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda, ayniqsa tropik va subtropik mintaqalarda, Oʻrta Osiyoda esa Hyalomma, Ornithodorus va b. urugʻlarining turlari keng tarqalgan. Yovvoyi va uy hayvonlarining qonini soʻradi. Bir qancha turlari odamlarga ham yopishadi. Iksod kanalar odamlari kana ensefaliti, tulyaremiya; q. x. xayvonlarida piraplazmoz va b. infeksi-on kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi. Iksod kanalardan it kanasi (Ixodes ricinus), tayga kanasi (I. persulcatus) shim. mintaqalarda keng tarqalgan xav-fli parazitlar boʻlib, Oʻrta Osiyoda uch-ramaydi. Voyaga yetgan kanalar — yirik hayvonlarning qonini soʻradi; lichinkalari mayda sut emizuvchilardan kemiruvchilarga va qushlarga yopishib parazitlik qilib yashaydi. Iksod kanalar 10 min-gga yaqin, tropik mintakada uchraydigan ayrim turlari 30 mingtagacha tu-xum qoʻyadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x