IKKILAMCHI XOM ASHYo

IKKILAMCHI XOM ASHYo, ikkilamchi resurelar — dastlabki toʻliq foydalanish (eskirish)dan soʻng i. ch. da asosiy xom ashyo tarzida qayta ishlatilishi mumkin boʻlgan materi – allar va buyumlar, i. ch. va maishiy is-teʼmol chiqindilari. Ularning eng muhimlari: temir-tersaklar, qora, rangli va kimmatbaho metallar chiqindilari; ishlatilgan surkov moylari, yaroqsiz detallar, qogʻoz qiyqimlari va makulatura, toʻqimachilik buyumlari, laxtaklar, toʻzigan avtomobil shinalari va b. Chiqindilarning bir qismidan qayta ishlovsiz, ikkinchi qismidan qayta ishlovdan soʻng foydalaniladi. Ikkilamchi xom ashyodan foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Mas, temirtersak qoldigʻini toʻplash va qay-ta ishlash metallni rudadan ishlab chiqarishga qaraganda 25-marta arzonga tushadi. Resurelar cheklangan sharoitlarda qoʻshimcha resurelar manbai boʻlgan Ikkilamchi xom ashyodan foydalanish i. ch. samadorligini oshirishda gʻoyat zarur va iqtisodiy maqsadga muvofiq hisoblanadi. Oʻzbekistonda Ikkilamchi xom ashyoni yigish, tayyorlash, saralash, dastlabki ishlov berish bilan shugʻullanadigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil qilingan. Bekobod sh. dagi metallurgiya z-di toʻplangan chiqindi temir-tersaklar bazasida ishlaydi.

Qodirjon Yusupov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x