IKKI QANOTLILAR

IKKI QANOTLILAR, qoʻsh qanotlilar (Diptera) — hasharotlar turkumi. Taxm. 80000 ga yaqin turi maʼlum. Oʻrta koʻkrakka birikadigan bir juft qanotlari boʻladi. Keyingi juft qanoti reduksiyalanib, tovush chiqaruvchi organga aylangan. Qanotlari asosi juda kambar, koʻpincha kichkina boʻrtma — «qanotcha» hosil qiladi. Boshi harakatchan, koʻzlari yirik, fasetkali; koʻkragi yaxlit. 3 kenja turkumga — uzun moʻylovlilar, kalta moʻylov kalta choklilar va kalta moʻylov doira choklilarga boʻlinadi. Kenja turkumlar ima-gosi, lichinkasi va gʻumbaklarining bir qancha belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. Ikki qanotlilar hamma joyda tarqalgan; koʻpchilik turlari (gessen chivini, karam chivini, piyoz chivini va b.) q. x. ekinlariga katta zarar yetkazadi. Bir qancha turlari (soʻnalar, chivinlar, qon soʻruvchilar va b.) q. x. hayvonlariga, baʼzi turlari (mas, bezgak pashsha-si, chivinlar va b.) esa odamlarga yuqumli kasalliklar tarqatadi. Afrikada yashaydigan se-se chivini uyqu kasalligini qoʻzgʻatuvchi tripanosomani yuqtiradi. Ikki qanotlilar oʻsimliklarning changlanishida ishtirok etadi; baʼzilari (mas, taxin chivinlar) lichinkalik davrida zararkunanda hasharotlarda pa-razitlik qiladi. Sirfidlarning lichinkalari oʻsimlik bitlari bilan oziqlanib, ular sonini kamaytirishga yordam beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x