IKKI NUQTA — tinish belgisi. Ustma-ust qoʻyiladigan ikki nuqtadan (:) iborat boʻlib, asosan, quyidagi hollarda qoʻyiladi:
1) uyushiq boʻlaklar oldidan qoʻllanadigan umumlashtiruvchi boʻlakdan soʻng (mas, Yigʻilib keldi butun qishloq: keksa-yu yosh, erkagu ayol);
2) bogʻlovchisiz qoʻshma ran tarki-bidagi gaplarni ajratishni koʻrsatish uchun (Yakun qildim: koʻz yoshlariga ikki bois bor ekan asli); 3) koʻchirma gapdan oldin qoʻllangan muallif gapidan soʻng (U oʻyladi: shunday vaziyatda nima qilishim kerak?) va b.