IKKI HAQIQAT NAZARIYASI

IKKI HAQIQAT NAZARIYASIfalsafa va ilohiyotni haqiqatni bilish hamda xudoga yaqinlashishning ikki mustaqil yoʻli deb talqin etuvchi taʼlimot. U oʻrta asr madaniyatiga aristotelizmning kirib kelishi bilan bogʻliq. Ikki haqiqat nazariyasi Sharq falsafasi tarixida uzoq evolyutsion yoʻlni bosib oʻtgan. Oʻrta osiyolik mutafakkirlar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar Ikki haqiqat nazariyasiga dastlab yaqinlashganlar. Ikki haqiqat nazariyasi 12—14a. larda keng rivojlanib, Ibn Rushd falsafasida takomilga yetgan. Ibn Rushd qarashlariga koʻra, falsafa atrofdagi olamni aql-idrok bilan bilish orqali insonni hakiqatga olib boradi. Ikki haqiqat nazariyasi lotin averroizmida (Si-ger Brabantskiy, Paduya maktabi va b.) aniq taʼriflab berilgan. Aristotel gʻoyalarini averroistik talqin qilish xristian aqidalariga zid boʻlgan va u cherkov tomonidan qoralangan. Ikki haqiqat nazariyasi falsafa tarixida ratsionalizmning rivojlanishiga turtki bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x