IJOD

IJOD — insonning yangi moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajri-basi, isteʼdodi namoyon boʻladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tugʻiladi, key-in Ijodga taallukdi masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi, boshqalar bajargan ishlar tanqidiy koʻrib chi-qiladi, taxlil etiladi, kuzatishlar, tajribalar oʻtkaziladi, mantiqiy xulosalar chiqariladi, gipotezalar qilinadi, bular tajribada sinab koʻriladi, notoʻgʻri boʻlsa yangilanadi va h. k. Izlanishlar natijasi turli shakllarda (badiiy asar, matematik formula va b.) yuzaga chiqadi. Uni jamiyat eʼtirof etsagina haqiqiy, toʻliq Ijod boʻladi. Ijod fan-texnikani, madaniyatni bo-yitadi, rivojlantiradi.

Ijodni shartli ravishda 2 ga: ilmiy Ijod va badiiy Ijodga boʻlish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy Ijodga, sanʼatkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy Ijodga qaratilgan. Baʼzi kishilarda har ikki Ijod rivojlangan boʻlishi mumkin. Ilmiy Ijodda tabiat va jamiyat hayotining obyektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy Ijodda maʼnaviy hayot muammolariga sanʼatkorning subyektiv, oʻziga xos qarashlari, his-tuygʻulari aks etadi. Badiiy Ijodda hayotning turfa ranglari hamda voqealari orasidan ibratli va ijtimoii ahamiyatli boʻlganlari tanlab olinadi va badiiy umumlashtiriladi. Badiiy Ijod murakkab jarayon boʻlib, inson faoliyatining idrok etish, baholash, qadrlash singari turlari bilan bogʻliq holda amalga oshadi. Buning uchun ijodkor erkin xayol, ozod tafakkur, keng koʻlamli tasavvur, milliy gʻurur va yuksak orzularga ega boʻlishi kerak. Badiiy Ijod mahsulotining ommaviyligi va ijtimoii ahamiyati ana shu bilan belgilanadi. Ijod ningtaraqqiy etishida jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlari hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Li.: Aristotel, Ob iskusstve poezii, M., 1957; Gegel G. V., Estetika, v 4-x tomax, M., 1968—73; Maxmudov T., Estetika i duxovnыye sennosti, T., 1993; Abdul-layev A., Jajda prekrasnogo, T., 1994.

Tilab Maxmudov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x