IJARA SHARTNOMASI, mulk ijarasi shartnomasi — fukarolikhuquqiy shartnoma. Unga koʻra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga molmulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasi bir yildan ortiq muddatga moʻljallangan boʻlsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs boʻlgan hollarda esa — muddatidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Kuchmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ruyxatidan oʻtkazilishi lozim. Ijara shartnomasida mulk huquqining kelgusida ijarachiga utishi nazarda tutilgan boʻlsa, u bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun moʻljallab, unda belgilangan muddatga tuziladi. Mulk ijarasi muddati shartnomada belgilanmagan boʻlsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni — bir oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — 3 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi FK 535, 539—540-moddalar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые