IGNA

IGNA, nina — 1) tikuvchilik, trikotaj ishlab chiqarish, matbaa va b. da keng ishlatiladigan tikuv quroli. Tikuvchilik I. sining qoʻlda va mashinada tikadigan xillari bor; qoʻlda tikadigan Igna xilma-xil yoʻgʻonlikdagi poʻlat simdan suyri, oʻtkir, ip oʻtka-ziladigan teshikli qilib yasaladi. Ular uzunligi va diametriga qarab raqamlarga boʻlinadi (mas, 1 dan 9-rakamgacha boʻlgan Ignaning yoʻgʻonligi 0,6 dan 1,0 mm gacha, uz. 30 dan 50 mm gacha). Kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va h. k. ti-kishda ishlatiladi. Katta-kichikligi va yoʻgʻon-ingichkaligiga qarab, chok I. si (chok tikish uchun), qaviq I. si (qavish uchun), palak I. si (palak tikish uchun), soʻzan Ignasi (hurjun, toʻrva, etik, mahsi va h. k. tikish uchun), mashina I. si (tikuv mashinalari uchun) kabi xillarga boʻlinadi. Igna yuzdan bir mm larda ifodalangan raqamlar (№60— 0,60 mm, №120—1,2 mm) boʻyicha birbiridan farq qiladi. Trikotaj Ignasi trikotaj mashinasining izma (petlya) hosil qiluvchi qismi. Ilgakli, tilli va oʻyikli xillari koʻp tarqalgan;

2) tibbiyotda — jarroxlik operatsiyalarida yaralarni tikish uchun ishlatiladigan qurol; katta-kichik va turli yoʻgʻonlikdagi Ignalar boʻladi. Shuningdek, shpris I. lari ham bor;

3) matbaa Ignasi – yogʻoch dastaga mahkamlangan, uchi kesik konus yoki kurakcha koʻrinishidagi ingichka poʻlat sterjen; odatdagi tikuvchilik Igna siga oʻxshash boʻladi. Ofort (naqsh) va gravyuralar hosil qilishda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x