ICH DAM BOʻLISHI

ICH DAM BOʻLISHI, ichda yel toʻplanishi, meteorizm — ichakda koʻp yel toʻplanishi natijasida qorinning taranglashishi. Sogʻlom odamning meʼdasi va ichagida shu aʼzolar faoliyatini bir meʼyorda saklab turish uchun oz mikdorda gaz boʻladi. Ichakda bijgʻish (achish) jarayoni kuchayganda, koʻplab sut, shirinlik, uglevod isteʼmol qilinganda ich dam boʻlishi kuzatiladi. Ichakda gazlar yaxshi yurishmaganda, ichak torayganda, ayniqsa ichak tutilganda, qorin aʼzolarida qon dimlanganda, surunkali gastrit, pankreatit, enterit, shuningdek, yurak kamchiligida ham ich dam boʻlishi kuzatiladi. Bemor qornida ogirlik, tirsillash va ogʻriq sezadi, yel chiqqandan keyin bu ogʻriq bosiladi. Ich dam boʻlishining oldini olish uchun ich normal kelib turishini taʼminlash, uglevodli ovqatlarni kamroq isteʼmol qilish zarur. Yurak-tomir kasalliklari, stenokardiya bilan ogʻrigan kishilar Ich dam boʻlishiga yoʻl qoʻymasliklari lozim, chunki ichakning gazlardan choʻzilishi yurak toj tomirining torayishiga sabab boʻlishi mumkin. Da vo s i — fa-ollashtirilgan koʻmir (karbolen) beriladi, moychechak (romashka)dan klizma (huqna) qilinadi, parhez buyuriladi. Ich dam boʻlishiga sabab boʻlgan asosiy omil bartaraf qilinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x