IBROHIMOVA

IBROHIMOVA Hafiza (1927 – Fargʻona—1967) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). 15 yoshida Fargʻonadagi «Kooperativ» artelida ishlab, shu yerdagi havaskorlar toʻgaragiga qatnashgan. 1946-y. dan Fargʻona viloyati musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Obida («Muqimiy»), Sanam («Aziz va Sanam»), Zulxumor («Ravshan va Zulxumor»), Qumri («Qum-rining murodi»), Gulsara («Gulsara»), Zuhra («Tohir va Zuxra») va b. Qahramonning lirik, psixologik kechinmalarini ochib berishda hayotiy va ishonarli talqin, mahorat va tabiiylik Ibrohimova ijodiga xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x