IBN RUSHD

IBN RUSHD Abdulvalid Muhammad (lot. Averroes) (1126, Kordova — 1198.12. 12, Marokash) — arab faylasufi va tabibi, Andalusiya va Marokashda yashagan, qozi va saroy xakimi boʻlgan. Aristotel asarlariga sharxlar yozgan. Gʻazoliy taʼlimotiga qarshi «Tahofut ut-tahofut» («Raddiyatni rad etish») asari bilan falsafada muayyan oʻrin tutadi. Ibn Rushd moddiy dunyo abadiy, uning boshi ham yoʻq, oxiri ham boʻlmaydi, degan. Pekin, uningcha, moddiy dunyo fazoda cheklangan. Xudoning borligini tan olgan Ibn Rushd uning olamdan oldin boʻlganligiga ishonmagan va xudo yaratilgan olam bilan birga abadiy, deb hisoblagan. U ruh oʻlmaydi, oxirat bor degan gaplarga qarshi chiqqan. Ibn Rushd ikki haqiqat nazariyasini ilgari surib, bilimni eʼtiqodga, falsafani ilohiyotga qaramaqarshi qoʻydi hamda fanning, inson aqlining roliga yuqori baho berdi. Ibn Rushd kishi oliy ka-molotga zikru sano orqali emas, balki ilmiyfalsafiy bilim orqali erishadi, deb hisoblagan. Oʻz davrining ilgʻor kishisi boʻlgan Ibn Rushd adolatli jamiyat qurishni, xotin-qizlarga teng huquq berilishini, hurlik gʻoyalarini targʻib qildi. Ibn Rushd gʻoyalari oʻrta asr fal-safasiga katta taʼsir koʻrsatdi (q. Averroizm). I. R. 7 jildli qomusiy tibbiy asar «Kitob al-kulliyot» ( tibbiyot boʻyicha umumiy qoʻllanma ) muallifidir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x