HUVAYDO

HUVAYDO (taxallusi; asl nomi Xoʻjanazar Gʻoyibnazar oʻgʻli) (? — Oʻsh sh. — 1780/81, Fargʻona viloyati Chimyon qishlogʻi) — shoir, tasavvuf sheʼriyatining yirik vakili. Qoʻqon madrasalarida oʻqigan. Qishlogʻida maktab ochib, uzoq vaqt maktabdorlik qilgan, kosiblik bilan ham shugʻullangan. Otasi Gʻoyibnazar soʻfi Qash-qardagi Ofoqxoʻja eshonning muridlaridan boʻlgan, Chimyonda masjid va xonaqolar qurdirib, eshonlik qilgan. Huvaydo devonida keltirilgan bir naqlga koʻra, Huvaydoga «Xoʻjanazar» ismining qoʻyilishi ham Ofoqxoʻja bilan bogʻliq. Huvaydo mumtoz sheʼriyatning deyarli barcha janrlarida gjod qilgan. Sheʼrlari xalq orasida juda mashhur boʻlgan. Huvaydo axloqiy-didaktik yoʻnalishdagi mazmunan teran, uslubiy goʻzal asarlari bilan adabiy maktab yarata olgan shoir-dir. Huvaydo ijodi va dunyoqarashining shakllanishida Yassaviy, Navoiy, Soʻfi Olloyor, Mashrablarning tasav-vufiy, falsafiy fikrlari va asarlarining taʼsiri katta boʻlgan. Huvaydo majoziy va haqiqiy ishq haqidagi ori-fona, dunyoviy sheʼrlaridan tashqari zolimlik va mazlumlik, kamolot va axloqiy tubanlik haqidagi sheʼrlarida ham mazkur shoirlar anʼanalarini davom ettirgan va yangi fikrlar bilan boyitgan.

Huvaydo sheʼrlari vafotidan soʻng nabi-ralari tomonidan devon holiga keltirilgan. Unga shoirning 351 gʻazal, 28 ruboiy, 41 toʻrtlik, 3 muxammas, 1 musaddas, 1 musamman, 1 mustazod, 3 masnaviy hamda axloqiy-didaktik mazmundagi «Rohati dil» manzumasi kirgan. Devondagi ilk sheʼrlarida roʻza, namoz, zakot, haj, jannat va doʻzax bilan bogʻliq mavzular yoritilgan, gʻurur, manmanlikni tanqid qiluv-chi, tavozeʼ, qardoshlik va toʻgʻrisoʻzlikni ulugʻlovchi hikmatlarga keng oʻrin berilgan («Darigʻo, hayf, odam…», «Kuygay», «Kimga borib dod etay…» va b.). H. ning sheʼrlarida tasavvufiy unsurlar — nafsni jilovlash va dunyodan oʻzni uzoq tutish bosh gʻoyalardan biri. Dunyo lazzatining in-sonni baxtli eta olmasligiga ishongan shoir Allohga, abadiy baxtga erishmoq uchun inson oʻzligidan kech-mogʻi kerakligini anglaydi (mas, «Ango», «Qilding» radifli sheʼrlari va b.). Shoirning «Rohati dil» axloqiy manzumasi pandnoma turining goʻzal namunasidir. Unda ochkoʻzlik, taʼmagirlik, vafo, boqiylik, foniylik, yaxshilikning foydasi, yomonlikning zarari, goʻzallik va mehnatsevarlik, moddiy va maʼnaviy poklik kabi xilma-xil axloqiy mavzulardagi ibratli hikoyalar keltirilgan. Huvaydo diniy-axloqiy mazmundagi «Ibrohim Adham» nomli sheʼriy doston ham yozgan. Huvaydo vafotiga bagʻishlab uning shogirdlari, muxlislari tomonidan marsiyalar, taʼrixlar yozilgan. U haqda ibratomuz rivoyatlar, yodnomalar paydo boʻlgan. Shoirning otasi Gʻoyibnazar Eshon shajarasi daxmasi hozir ham ziyoratgoh joylardan hisoblanadi.

«Devoni Huvaydo»ning bir qancha qoʻlyozma nusxalari va litografik nashrlari boʻlib, ulardan chevarasi Salohiddin Soqib (1838—1910) va Mirza Hakim ibn Mirza Umid Margʻiloniylar koʻchirgan nusxasi SamDU kutubxonasida saqlanadi (inv. №3903).

Huvaydoning nabirasi Sirojiy (1877-y. v. e.), chevaralari Samarbonu (1837 — 1891), Salohiddin Soqib, Gʻaribiy devon tuzgan shoirlar boʻlib, Huvaydo anʼ-analarini davom ettirganlar. Huvaydo nomida koʻcha, mahalla va maktablar bor.

As: Tanlangan asarlar, T., 1960; Rohati dil, T., 1993; Ibrohim Adham, Samarqand, 1995.

Ad.: Oʻzbek adabiyoti tarixi [5 j. li], 5-j., T., 1978,Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, T„ 1999.

Begali Qosimov.

XUD — Qurʼonda zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, u Od qavmidan boʻlib, oʻz qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilar boʻlib, Yaman va Ummon oʻrtasidagi Ahqof degan joyda yashagan. Ular butlarga sigʻingan, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼ-vat etgan Huvaydoni tahqirlab, yolgʻonchi va aqli zaif deb atashgan. Huvaydo oʻz qavmini agarda yolgʻiz Allohga ibodat qil-masalar avvalda oʻtgan sarkash qavmlarga boʻlgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil boʻlishidan ogohlantiradi. Ammo Od qavmi bari bir oʻz zalolatida davom etaverdi va Huvaydoga itoat etmadi. Shundan soʻng Alloh 3 y. yomgʻir yogʻdirmay, qurgʻoqchilikka giriftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. Oʻz qavmining imon keltirishidan umidini uzgan Huvaydo oʻziga imon keltirgan moʻminlar bilan Makkaga ketib oʻsha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli boʻron yuborib, hammalarini halok qildi («Alhoqqa» surasi, 6—7-oyatlar).

5 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x