Husniddin Xoliqov — Sog`inch

Gullar yuzin ochganda,
Har yon atrin sochganda,
Sog`inch dilni quchganda,
Seni, seni o`ylayman.

Sen eding hayotim ko`rki,
Beg`ubor yoshligim erki,
Armonim – kechikkan sevgi,
Seni, seni kuylayman.

Men yonib kuylayman ishqinda seni,
Qiynama, yondirib, hajringda meni.
Men yonib kuylayman ishqinda seni,
Qiynama, yondirib, hajringda meni.

Mahzun o`tdi kunlarim,
Yolg`iz, bedor tunlarim,
Sensiz otdi tonglarim,
Sevgim, sevgilim.

Kuylarim, ohim o`zingsan,
Yuzlari mohim o`zingsan,
Lek dilda dog`im o`zingsan,
Sevgim, sevgilim.

Men yonib kuylayman ishqinda seni,
Qiynama, yondirib, hajringda meni.
Men yonib kuylayman ishqinda seni,
Qiynama, yondirib, hajringda meni. (x1+x1)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x