HUSAYNI

HUSAYNIxalq seleksiyasida yetishtirilgan oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Vatani Oʻrta Osiyo. Sharqiy eko-logik-geografik navlar guruhiga kiradi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turk-maniston, Rossiyaning Stavropol oʻlkasi va b. joylarda tarqalgan. Gʻu-jumlarining shakliga qarab bir necha xillarga boʻlinadi. Moʻrchamiyon Husayni, kelinbarmoq Husayni, qizil H., loʻnda Husayni (kadu Husayni) xillari, ayniqsa koʻp tarqalgan. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrta-cha, toʻgarak, 3—5 boʻlmali. oʻrtacha ker-tikli, usti silliq, mayin. Guli ikki jinsli. Uzumi avg.-sent. da pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, sershingil, havol, ogʻirligi oʻrtacha 300 — 350 g (ayrimlari 1 kg gacha). Gʻujumi oʻrtacha va yirik, tuxumsimon yoki pilindrsimon, poʻsti yupqa, sargʻish-yashil, karsillaydi, sershira. Tarkibida 18 — 20% qand bor, nordonligi 2—3%. Oʻsuv davri 153 kun. Hosildorligi 170—180 s/ga. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamsizroq. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Saqlashga, uzoq joylarga yuborishga chidamli. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida r-nlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x