HURLIMON

HURLIMON (1861 – Moʻynoq tumani Qozoqdaryo ovuli — 1906) — qora-qalpoq shoira-baxshisi, xalq orasida «baxshi qiz» laqabi bilan mashhur boʻlgan. Berdaqnit qizi. Adabiyot va sanʼatga yoshligidan qiziqqan. Otasidan koʻplab qoʻshiq va dostonlar oʻrgangan. Navo-iy, Mahtumquli va b. ning asarlarini mutolaa qilib, ularga ergashib, sheʼrlar yozgan. Hurlimon «Bozirgon», «Oshiq Nansab», «Davlatyorbek» kabi dostonlarni Xorazm vohasida kuylab yurgan. «Bet ochar», «Yor-yor» kabi marosim qoʻshiqlarini mahorat bilan ijro etgan. Hurlimonning qoʻshiq va dostonlari qoraqalpoqlar va Xorazm aholisi orasida keng tarqalgan. Uning ijodi Q. Ayimbetov va Q. Maqsetov tomonidan tadqiq qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x