HUMAYNIY Ruhullo Musoviy

HUMAYNIY Ruhullo Musoviy (1900, boshqa maʼlumotlarga koʻra 1898 yoki 1903—1989) — din va davlat arbobi. Eronning Aroq sh. yaqinidagi Humayn qishlogʻida ruhoniy oilada tugʻilgan. Avval Aroqda, keyin Qum sh. da oʻqigan, oʻsha yerda madrasada dars bergan. 50-y. lar oxirida oyatulloh deb atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyaiga qarshi kurash olib borgani uchun shoh jandarmeriyasi tomonidan 1963-y. da qamalgan, 1964-y. da Turkiyaga badargʻa qilingan. 1965-y. da Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan Najafda madrasada dars bergan. Shoh hukumatining talabi bilan 1978-y. da H. Iroqdan ham badargʻa qilingan. Quvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin, Parijda joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni va Eronda boshlangan inqilobiy harakatga yoʻllanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati agʻdarilgandan soʻng 1979-y. fev. da Eronga qaytib kelgan. Eron Islom Respublikasi tashkil etilgandan keyin Humayniy rasman davlat rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada eʼtirof etilgan. Diniy rahnamo sifatida u «mar-jai taqlid» hisoblanib, imom deb yuritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x