HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH

HUJJATLARNI QALBAKILASHTIRISH — muayyan huquq beradigan yoki muayyan majburiyatlardan ozod etadigan rasmiy hujjatlar, shtamp, muhr, blankalar taiyorlash va foydalanish bilan bogʻliq jinoyat. Asl hujjatlarning shakli va mazmunini oʻzgartirish ham Hujjatlarni qalbakilashtirish hisoblanadi. qonunda bu xildagi harakatlar uchun jinoiy huquqiy javobgarlik belgilab qoʻyilgan. Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 228-moddasida hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bilan bogʻliq jinoyat sodir etgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud 6 oygacha qamoqb-n jazolanishi koʻrsa-tilgan. Bunday harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa jazo yanada kuchaytiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasida oldin mavjud boʻlmagan hujjatlar yuzasidan qonunlar qabul qilinmoqda. Bular jumlasiga «Axborotlashtirish toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahriri (2003-y. 11 dek.), «Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida»gi qonun (2003-y. 11 dek.), «Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida»gi (2004-y. 29 apr.) qonunlar kiradi. Bu qonunlarda ham Hujjatlarni qalbakilashtirishga aloqador javobgarlik koʻrsatib oʻtilgan.

Gʻayrat Ermatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x