HUJAYRA SIKLI

HUJAYRA SIKLI, hujayra ning hayotiy sikli — hujay-raning boʻlinishidan soʻng yana boʻlingunchayoki oʻlguncha oʻtgan hayot davri. Bir hujayralilar H. s. ularning hayot davriga toʻgʻri keladi. Toʻxtovsiz boʻlinadigan hujayralar Hujayra sikli mitoz sikliga toʻgʻri kelib, ketma-ket almashinib turadigan 4 davr: postmitoz yoki sin-tezdan oldingi (O, inglizcha §GOU — oʻsish, yiriklashish), sintez (8, in-glizcha 8uMpe518 — sintez), mitozdan oldingi yoki sintezdan keyingi (S2) va mitoz (M) dan iborat. S: davrda transkripsiya sodir boʻladi; sintezlangan oqsillar toʻplanadi; DNK sin-teziga tayyorgarlik koʻriladi. 5 davrda DNK replikatsiyalanadi, xromosomalar materiali 2 hissa ortadi. S2 davrda hujayralar boʻlinishga tayyorlanadi; boʻlinish dukini hosil qiladigan oqsillar sintezlanadi. M i t o z — H. s. ning yakuniy davri boʻlib, unda reduplikatsiyalangan xromosomalar hujayraning har xil qutblariga tarqaladi.

Hujayra sikli va uning davrlarining davomiyligi koʻpayadigan hujayralarning xili, yoshi, organizmdagi gormonlar balansiga bogʻliq. Vaqtga nisbatan S: va S2 davrlari oʻzgaruvchan boʻladi; tinim davrlari boʻlgan Hujayra sikli ayniqsa uzoq davom etadi. Bunday hollarda O0 yoki tinim davri (inglizcha §ar — ora-liq, interval) alohida ajratiladi. Agar tinim davri hisobga olinadigan boʻlsa, u holda Hujayra sikli haftalab, hatto oylab davom etishi mumkin (mas, jigar hujayralari). Neyronlarda Hujayra sikli organizm umriga teng boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x