HOTAMOVA

HOTAMOVA Yorqinoy (1941.23.2, Fargʻona sh.) — aktrisa, xonanda (lirik soprano). Oʻzbekiston xalqartisti (1991). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). 1958—60 y. lar Fargʻona teatrida, 1960—70 y. lar Oʻsh teatrida, 1971-y. dan yana Fargʻona teatrida aktrisa. Fargʻona un-tining dotsenti (2001-y. dan). Zulxumor («Ravshan va Zulxu-mor») uning sahnada yaratgan birinchi obrazidir. Keyinchalik Zuhra («To-hir va Zuhra»), Kumush («Oʻtgan kunlar»), Dezdemona («Otello»), Raʼno («Mehrobdan chayon»), Aliman («Momo yer»), Oyxon («Maysaraning ishi»), Kimyo («Nurxon»), Oyparcha («Nodi-ra»), Barchinoy («Alpomish»), QumriTemir xotin»), Momo («Chimildiq»), Dilorom («Dilorom»), Xol-poshsha («Qoʻsh kaptar»), Zumrad («Tan-bur nolasi») kabi rollarni ijro etdi. Hotamova ijodi koʻproq dramatik ob-razlar yaratishga moyilligi, qahramonlari xarakterining ijtimoiy va psixologik asoslarini chuqur ochib berishi, ularni ruhiy goʻzallik va hayotbaxsh ruh ila taʼminlashi bilan ajralib turadi. Hotamova filmlarda ham suratga tushgan (Ulgʻay ona «Bogʻ» telese-riali, Mehriniso momo «Uvaysiy» teleseriali va b.). H. ijrosidagi «Yozgan xating qoʻlimda», «Fargʻonadan qarayman», «Sen ketding, firoq qoldi», «Tong shamoli», «Soʻzlasa», «Zamonam mening», «Samarqand ushshogʻi» va b. qoʻshiqlari mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x