HOSHIYA — naqsh mujassamotida asosiy qismlardan; biror narsaning asosiy qismidan ajralib turadigan cheti, atrofi, zehi. Amaliy bezak sanʼatida naqsh mujassamoti tuzilishidagi muhim qism, boʻlak; markaziy may-don va uni oʻrab turadigan Hoshiya naqshdan iborat mujassamot keng tarqalgan; baʼ-zan bezak faqat Hoshiya naqshdan iborat boʻladi. Bezatilayotgan maydon (pers-pektiva, nisbatlar)ga qarab Hoshiya turlicha (ingichka, yoʻgʻon kabi) kenglikda boʻladi; baʼzan 2 parallel chiziqlar orasiga ham naqshlar ishlanadi. Hoshiya naqshlarni bir-biridan ajratib turish uchun ularning orasiga chiziladigan parallel toʻgʻri chiziqdan boshlab to murakkab naqshlargacha tarkib topadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые