Homiladorlikni rejalashtirish – bosqichlari, tibbiy tekshiruvlar va foydali maʼlumotlar

Homiladorlik xohishga koʻra amalga oshmogʻi lozim, ayniqsa homiladorlik reja asosida roʻy bersa, homilador ayol va tugʻilajak farzand ham bu tabiiy fiziologik jarayonga tayyor boʻladi va homiladorlik yengil kechadi. ammo, homiladorlikni qanday rejalashtirish kerak va homiladorlikka qanday tayyorlanish kerak kabi savollarga javob topib olish zarur.

Homiladorlikni rejalashtirish bosqichlari muhimmi?

Er va uning jufti haloli shunchaki qoʻshilishi va bu jarayondan soʻng farzand kutishi, u haqida oʻylab stress holatida yurishlari shart emas. Bunday holatda homiladorlik roʻy bermasligi yoki homiladorlik roʻy berishi choʻzilishi mumkin.

homiladorlikni rejalashtirish

Homiladorlikni rejalashtirish – bu siz va juftingiz farzandli boʻlish istagi hamda homiladorlikni amalga oshirishda sababchi boʻluvchi har ikkala juftning bu jarayonga tayyorligi va tugʻilajak farzandning sogʻlom boʻlib dunyoga kelishini taʼminlab beruvchi holatdir. Homiladorlik rejasini qoʻshilishdan kamida 3 oy oldin oʻylab koʻrish kerak. Bu muddat ichida siz va juftingiz barcha tibbiy tekshiruvlardan oʻtishlariga imkon boʻladi. Biror bir kasallik aniqlanadigan boʻlsa, ayniqsa jinsiy aʼzolarda infeksiyalar tashxislansa, davo muolajalarini olish maqsadga muvofiqdir. Bu esa ayol kishida homiladorlikning normal kechishini taʼminlab beradi.

Aks holda dunyoga keladigan farzandingizda turli xil tugʻma nuqsonlar rivojlanishi ehtimoli yuqori boʻlishi mumkin. Masalan, TORCH infeksiyasini aniqlanmagan holda homilador boʻlish homilada anomaliyalar va tugʻruqdagi patologiyalarga olib keladi. Bundan tashqari, ayol kishi asab tizimining holati ham muhim ahamiyatga ega, surunkali stress holatlari homiladorlik istagini kamaytirishi mumkin. Shu sababli boʻlajak ota-onalar homiladorlikni rejalashtirishdan avval asabiylashmaslik va stress holatlariga tushmasliklari zarur.

Homiladorlikni rejalashtirishda tibbiy tekshiruvlardan oʻtish

Eng avvalo boʻlajak ota-onalar jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksion kasalliklarni istisno qilishlari kerak, bu kabi kasalliklarning barchasi homiladorlik roʻy berishiga toʻsqinlik qiladi. Oilaviy poliklinika yoki boshqa tibbiy muassasalarda ginekolog va urolog tavsiyalarini olish muhim. Agar oila aʼzolaringiz, qarindoshlaringiz orasida genetik nuqsonlar bilan kasallangan insonlar boʻlsa, erkaklar yoshi 40 dan oshgan ayollarniki esa 35 dan yuqori boʻlsa, albatta genetik maslahatlari bilan tanishib olishingiz maqsadga muvofiqdir. Boshqa tibbiyot mutaxassislari tekshiruvlari quyidagilardir:

Erkaklar va ayollar: umumiy qon analizi va rezus-omil – bu rezus-kelishmovchilik roʻy berish ehtimolini aniqlashda yordam beradi.

Ayollar: flyuorografiya – ayollarda sil va koʻkrak sut bezlarida turli xil oʻsma kasalliklarini istisno qilish maqsadida oʻtkaziladi.

  • Kichik chanoq aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi – tuxumdonlar va bachadon holati haqida aniq maʼlumot beradi.
  • Qizilchaga qarshi antiteloni aniqlash analizi – profilaktika maqsadida qizilcha virusiga qarshi emlanish kerak boʻladi, bu kasallik homiladorlik kechishi va homila rivojlanishga salbiy taʼsir etadi.
  • Siiydik analizi – siydik yoʻllaridagi turli xil patologiyalar haqida maʼlumot olish maqsadida oʻtkaziladi.
  • Qonda gormonlar miqdorini aniqlash – homiladorlikni rejalashtirayotgan ayolda ortiqcha tana vazni, hayz siklining buzilishi va anamnezida homiladorlikning tabiiy buzilishi roʻy bergan boʻlsa oʻtkaziladi.
  • Jinsiy yoʻllar infeksiyalari tekshiruvi – xlamidiy, ureaplazma, mikoplazma, trixomonada kabi organizmlarni istisno qilish uchun qin va siydik chiqarish kanalidan surta olinadi.

Erkaklar:

  • Jinsiy yoʻllar infeksiyasi tekshiruvi.
  • Spermogramma – spermatozoidlar miqdori va harakatchanligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Homiladorlik bir yil davomida roʻy bermayotgan boʻlsa oʻtkaziladi.

Yuqoridagi tekshiruvlar koʻpgina boʻlib koʻringani bilan oilaviy poliklinikalarda yoki oilaviy tekshiruv markazlarida osonlik bilan qisqa vaqt oraligʻida amalga oshirish mumkin.

Zararli odatlardan voz kechamiz

Tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar va dahshatli boʻlgan narkotik vositalardan butunlay voz kechish shart ! birinchidan, bu kabi zararli moddalar organizmni zaiflashtiradi va surunkali kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Ikkinchidan, ular shakllangan homilaga juda salbiy oqibatlarga olib keladi. Albatta, bu kabi odatlardan voz kechish oson boʻlmaydi, ammo sogʻlom farzandli boʻlish uchun barcha zararli odatlarni tashlash kerak.

Sogʻlom turmush tarziga rioya etamiz

Pozitiv kayfiyat, uyqu va dam olish tartibi, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish, toza havoda koʻproq sayr qilish, normal ovqatlanish ratsioniga rioya etish – bu kabi chora tadbirlar sogʻlom farzand tugʻilishi va homiladorlik roʻy berishida juda katta ahamiyatga ega. Sogʻlom turmush tarzi nafaqat homiladorlikni rejalashtirish vaqtida, balki butun umr davomida amalga oshmogʻi lozim va bu odat tusiga aylanishi maqsadga muvofiqdir.

Homiladorlikni rejalashtirayotganda toʻgʻri ovqatlanish ratsionini tuzib olamiz

Dunyoga kelgan bolakay sogʻligʻi faqatgina ona ovqatlanish ratsioniga emas, balki otaning ovqatlanish tartibiga ham bogʻliq boʻladi. Bundan tashqari homilador ayollar homiladorlikning ilk oylarida oʻzlarining homilador ekanliklarini sezishmaydi, ammo bu vaqtda homilada hayotiy muhim aʼzolar shakllanishni boshlaydi.

homiladorlikni rejalashtirish haqida

Shu sababli homiladorlikni rejalashtirish vaqtidayoq oʻzingizga mos keladigan ovqatlanish ratsionini tuzib oling. Koʻpgina shifokorlar yetishmayotgan vitaminlar oʻrnini toʻldirish uchun vitamin-mineral komplekslar qabul qilishni homiladorlikni rejalashtirishdan 3 oy oldin boshlash kerak deb taʼkidlaydilar.

Homiladorlikda foli kislotasi

Homiladorlikni rejalashtirish vaqtida organizm uchun zaruriy boʻlgan elementlardan biri. Bu modda hujayralar boʻlinishi, homilaning oʻsishi, yurak-qon tomir va nerv tizimi shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Foli kislotasi – yongʻoq, dukkakli oʻsimliklar, sitrus mevalar hamda koʻkatlar tarkibida koʻp saqlanadi. Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayol uchun foli kislotasining kunlik dozasi 400 mkg.ni tashkil etadi.

Yod

Homilador ayol qalqonsimon bezi funksiyasi normal ishlashi va homilaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yod elementi homila asab tizimi va jismoniy rivojlanishiga taʼsir etadi, aqliy qobiliyatni ragʻbatlaydi. Organizmda yod yetishmovchiligi yuzaga chiqmasligi uchun yodga boy boʻlgan mahsulotlar – baliq va dengiz mahsulotlari, anjir kabi mevalardan koʻproq isteʼmol qilish zarur. Sogʻlom insonning kunlik yodga ehtiyoji 0,2 mg.ni tashkil etadi.

A vitamini

Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar uchun ushbu vitamin jinsiy faollikni oshirish, homiladorlikdan soʻng esa homila suyak tizimi rivojlanishida ishtirok etadi. Ushbu vitamining kunlik dozasi 3000 XB oshmasligi lozim, organizmda mustaqil sintezlanmaydi. Sabzi, pomidor, qovoq, baliq va baliq yogʻida koʻp saqlanadi. Ovqat tarkibida yetarlicha A vitamini tushmasa, shifokor-mutaxassislar vitaminning dori shaklini tavsiya etadilar. Ammo, shuni ham unutmaslik kerakki A vitaminining kunlik dozasi oshib ketishi homilaga salbiy taʼsir etishi ham mumkin. Shu sababli homiladorlikdan oldingi davrda shifokor bilan maslahatlashganingiz maqsadga muvofiqdir.

D vitamini

Ayol reproduktiv tizimi va suyaklar holatini ragʻbatlantirishda muhim ahamiyatga ega. Organizmning sutkalik ehtiyoji 400 XB ni tashkil etadi. Pishloq, tuxum sarigʻi, sariyogʻ, baliq moyi va ikra tarkibida koʻp boʻladi. D vitaminining ortiqcha dozasi organizmda toʻplanib qoladi va homilaga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Albatta, yuqoridagi kabi vitamin-mineral moddalarni ovqat mahsulotlari tarkibidan toʻliq qabul qilib olish qiyin.

Muhim! Vitaminlarning ortiqcha miqdori organizmga ularning yetishmovchiligidan ham koʻra jiddiyroq taʼsir koʻrsatadi. Oddiy misol JSST boʻyicha foli kislotasining sutkalik dozasi 400 mg.ni tashkil etadi, ushbu moddaning qondagi miqdori oshib ketishi homilada shamollash va bronxial astmaga moyillikni oshirib yuboradi.

Bundan tashqari, foli kislotasini uzoq muddat qabul qilib yurish dunyoga kelajak farzandingizda megaloblast anemiya shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Vitamin komplekslarini qabul qilamiz

Ovqat mahsulotlari har doim ham sutkalik vitamin-minerallar ehtiyojini qondirib bera olmaydi. Mahsulotlar tarkibida kundan kunga foydali boʻlgan moddalar kamayib bormoqda, bunga sabab tuproq tarkibining oʻzgarishi, mahsulotlarda sintetik dori preparatlari bilan qayta ishlash yotadi.

Masalan, karamda kalsiy eng koʻp saqlanadi, ammo hozirgi kunda karam tekshirib koʻrilganda uning tarkibidagi mikroelementlar miqdori 85 % ga kamayganligi aniqlangan. Inson oʻzining sutkalik ehtiyojini qondirishi uchun kamida 5-7 kg karam isteʼmol qilishi zarur. Bu esa mantiqan ilojsiz jarayon, shu sababli ular oʻrnini toʻldirish uchun vitamin preparatlarini qabul qilish mumkin, ayniqsa bu homiladorlikni rejalashtirayotgan paytda juda foydali.

Homiladorlikni rejalashtirish kompleks ravishda olib borilishi zarur. Eng avvalo shifokorlar tekshiruvi va bir qator analizlar topshirish muhimdir. Sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish ratsioni va zararli odatlardan voz kechish, vitamin-mineral preparatlardan shifokor tavsiyasiga bionoan qabul qilish homiladorlikka erishish va sogʻlom farzand dunyoga keltirishning garovidir.

Homila yuzaga kelishi haqida quyidagi maqola orqali maʼlumot olishingiz mumkin: Ovulyatsiya va homiladorlik (Ovulyatsiya haqida barcha zarur maʼlumotlar)


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x