❓Homiladorlikda qanday ovqatlanish kerak?
✍️ Shifokor Laylo Baxtiyorova:
🤰 Homiladorlikning birinchi 3 oyligida eng muhim a’zolar shakllana boshlaydi, lekin kattalashmaydi. Shuning uchun ayol boshlang’ich davrda yetarlicha minerallar, vitaminlar va boshqa shu kabi moddalar qabul qilishi kerak.
🤰Homiladorlikning ikkinchi 3 oyligida oqsilga boy mahsulotlar qabul qilish kerak. Chunki bu davrda homila a’zolari jadal o’sa boshlaydi.
🤰Homiladorlikning so’nggi 3 oyligida minerallarga boy mahsulotlar ya’ni kalsiy iste’mol qilish kerak. Bu davrda homila suyak va nerv tizimi rivojlanib boradi.
Manba (https://t.me/soglomhayotuz/3495)