Homiladorlik – ayol uchun uzoq kutilgan va baxtli holatdir. Homiladorlik kalendari orqali ayol o‘z organizmida kechayotgan jarayonlar haqida to‘liq ma’lumot olsa bo‘ladi. Bundan tashqari homiladorlikning davrlarida embrionda kechayotgan o‘zgarishlar haqida ham bilib olish imkoniyati bor.
Homiladorlik kalendari – tug‘ilajak farzandning qanchalik darajada shakllangani, shu davrdagi holati haqida ma’lumot beruvchi eng qulay va samarali usuldir. Ayan shu taqvim asosida emrionning UTT (UZI) tekshiruvi qachon o‘tkazilishi va qachon tug‘ish kuni bo‘lishini aniqlab oladi.
Ushbu homiladorlik kalendari homiladorlik davrlarini haftalarga bo‘lib ko‘rsatadi. Buning uchun hayz siklining tugash vaqtini bilish kifoya. Quyida u haqida batafsil to‘xtalamiz.
Homiladorlik kalendari birinchi trimestr
Hayz ko‘rish | Bu davrda hayz suyuqligi keladi. |
Qo‘shilish (jinsiy aloqa) | Jinsiy aloqa |
1 hafta | Odatda bu davrda homiladorlik boshlandi deb bo‘lmaydi, bu davrda hali ham hayz ko‘rish davom etadi. Ammo xohlaysizmi yo‘qmi organizm homiladorlikka tayyorlanadi. |
2 hafta | Ko‘pincha ayollar hayz siklining o‘rtasida, ya’ni 14-kunida homilador bo‘lishadi. |
3 hafta | Tuxum hujayra urug‘langandan keyin bachadon ichki endometriy qavatiga implantatsiya bo‘ladi (yopishadi). Endi sizni “rasmiy” ravishda homilador desa bo‘ladi. Bu davrda bolaning ilk nerv tizimi va yurakchasi shakllanadi. |
4 hafta | Uy sharoitida peshobda homiladorlik testini o‘tkazsangiz bo‘ladi, lekin bu muddat juda “kichik” bo‘lgani sababli kutilgan natijani bermasligi mumkin. embrionning umurtqa va mushak tizimi shakllana boshlaydi. Ko‘z va quloqchalar, oyoq va qo‘lchalar ham paydo bo‘ladi. Homila uzunligi 1,5 – 2,5 mm bo‘ladi. |
5 hafta | Sizda ilk homiladorlik belgilari paydo bo‘la boshlaydi, avvalambor urug‘langandan 2-3 hafta o‘tib hayz ko‘rish to‘xtaydi. Bu davrda esa homila kattaligi 5 barmoqqa teng bo‘ladi. |
6 hafta | Ko‘pchilik ayollarda holsizlik va ko‘ngil aynishi kuzatiladi. Ammo siz o‘zingizda hech qanday diskomfort sezmaysiz, UTT (UZI) tekshiruvi homilaning harakatini ko‘rsatadi, uning yuragi 140-150 marta daqiqasiga uradi, bu onaning yurak urishidan 2 marta ko‘proqdir. |
7 hafta | Tuxum hujayra urug‘langanidan 5 hafta o‘tib, u bachadon devoriga mustahkam yopishadi. Bachadon bo‘yinchasi bo‘shashgan bo‘ladi: ammo bu davrda shifokor homilador ayolni tekshiruv kreslosida ko‘rik qilmaydi. Ko‘ngil aynishi va toksikoz belgilari paydo bo‘ladi. Homila o‘lchami taxminan 7-9 mm. bolakayning yuzi shakllana boshlaydi, og‘iz, ko‘z va burun hosil bo‘ladi. |
8 hafta | Bachadon hajmi kattalashadi, ammo sezilarli darajada bo‘lmaydi. Buni faqatgina shifokor ginekolog tekshiruv natijasida aniqlab oladi yoki o‘zingiz kiyimlaringiz biroz tor bo‘lib qolganidan sezishingiz mumkin. Homilada sut tishlari shakllana boshlaydi. Tirsak bo‘g‘imi to‘liq shakllangan bo‘ladi. Bolakay harakatlanishni boshlaydi. Ko‘krak bezinigiz esa “emizuvchilar” kabi shaklga kira boshlaydi. Homilaning o‘lchami 22-30 mm, og‘irligi esa taxminan 4 grni tashkil etadi. |
9 hafta | Tashqi ko‘rinishingizda o‘zgarish sezilmaydi. XG (xorionik gonadotropin)ning qonadgi miqdori ham unchalik ko‘p emas, ammo siz: teringiz yupqalashgani va tekislashganini, ba’zida toshmalar, husnbuzarlar paydo bo‘lishini sezasiz. Homilada teri shakllanib boradi va u barmoqchalarini buka oladi. |
10 hafta | Bachadon 2 barobar kattalashadi. Gormonlar disbalansi hisobiga kayfiyat o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi. Bu davrda sizning tana vazningiz oshadi, milklar noziklashadi, qalqonsimon bez biroz kattalashadi. Bolakayinigiz yutinadi, peshona terisini harakatlantiradi, u kuchga kirib bachadon devori yordamida harakatlana oladi. Uning og‘irligi 4 gr va hajmi 27-35 mm ekanligini hisobga olib uning “tepingani”ni sezmaysiz. |
11 hafta | Homiladorlikdan avvalgi davrga nisbatan kaloriya sarflash oshadi: moddalar almashinuvi 25 % ga ko‘payadi. Umumiy qon hajmi ortadi. Ichki “issiqlik” sezilgani hisobiga ayol suyuqlik ichishni ko‘paytiradi va ko‘p terlaydi. Homilaning barcha a’zolari to‘liq shakllanadi. Ilmiy izlanishlar bo‘yicha bu davrda bolakay shovqin, harorat, yorug‘lik, og‘riqni seza boshlaydi. |
12 hafta | Bachadon o‘lchami 10 sm ga oshadi. Kichik chanoq bo‘shlig‘ida bachadonning siqilishi seziladi. UTT (UZI) tekshiruvi homilaning aniq o‘lchami va muddatini aniqlab bera oladi. Oyoq va qo‘lchalarida tirnoqlar to‘liq shakllanadi. So‘rish refleksi paydo bo‘ladi, bolakay bosh barmog‘ini so‘ra boshlab, sut emish uchun “mashq” qiladi. Siz – homila uchun yashash joyi, uning uyi, uning himoyasi va o‘yin maydoni vazifasini bajarasiz, bola bu davrda juda aktiv bo‘ladi. |
13 hafta | Qoningizda turli xil gormonlar bo‘ladi, ular homiladorlikka “javobgar” bo‘lishadi. Bu davrda ayol qo‘zg‘aluvchanligi va tongi ko‘ngil aynishlar kamayadi. Homila tushish xavfi kamayadi. Viruslarga qarshi profilaktika shifokorlar tomonidan olib boriladi. Homila vazni 28 gr bo‘lib, unda 20 ga yaqin sut tishlari shakllangan bo‘ladi (tishlar chiqqan emas, shakllangan). |
Homiladorlik kalendari ikkinchi trimestr
14 hafta | Homiladorlik kalendari bo‘yicha homiladorlikning ikkinchi uch oyligi boshlanadi. Bachadon hajmi kattalashishiga qaramay, ayol energiyani nisbatan kam sarflaydi. Bachadon qorin bo‘shlig‘ini egallay boshlaydi, avvallari bachadon chanoq bo‘shlig‘ida bo‘lsa, bu davrga kelib bachadon tubi kindik osti sohasida bo‘ladi. Homila oshqozon osti bezi insulin gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Jinsiy a’zolar shakllanadi. Homila yuragi bir sutkada 24 litr qon haydaydi, yurak hajmi onaning kaft yuzasi bilan bir hajmda bo‘ladi. |
15 hafta | Qorin sohasini yengil palpatsiya qilib bachadon tubi (uning yuqori qismi) ni kindikdan 7,5 sm pastroqda aniqlasa bo‘ladi. Homila natijasida ajralib chiqayotgan gormonlar organizmga ta’sir etadi, mana shu davrda soch to‘kilishi kuzatiladi. Bolakay boshida sochlar o‘sib chiqadi, uning vazni 50 gr, bo‘yi esa 13 sm ni tashkil etadi. |
16 hafta | Yo‘ldosh siqilib qolmasligi uchun bachadon hajmi kattalashadi. Homila suyuqligi 250 mlni tashkil qiladi. Bolakay og‘zini ochadi va turli xil harakatlar bajaradi. Sizning yurak urish va nafas olishingizni his qiladi. Bu davrda hayajonlanish va xafa bo‘lish kerak emas, chunki bola ham siz kabi emotsiyalarga berila boshlaydi. Bolakayingiz sizni hammadan ko‘proq tushunadi va his qiladi. |
17 hafta | Platsenta va homila o‘sishda davom etadi. Yo‘ldosh devorining qalinligi 2,5 sm ga yetadi, og‘irligi esa 480 gr ni tashkil etadi. Birinchi marta homilador bo‘lsangiz, bolakayning harakatlanishi kechroq namoyon bo‘ladi. |
18 hafta | Birinchi bor homilador bo‘layotganlar uchun bu davr hayajonli kechadi, chunki ayol kishi homilaning harakatlarini ilk bor sezadi. Bolakay vazni 200 gr, uzunligi 20-22 sm ga yetadi. Bu davrda bola sizning qon tomirlaringizda oqayotgan qon va tashqi shovqinlarni sezadi. |
19 hafta | Bu hafatda bolaning miyasi o‘sadi. Uning kalla suyagi kerakli hajmni egallaydi, bu davrda bolakay bilan suhbatlashing, u sizni eshitadi va ovozingizni tanib qoladi. |
20 hafta | Bu haftaga kelib qorinning kattalashgani yaqqol sezila boshlaydi. Bel ham kengayadi, yumaloq shar ko‘rinishini oladi. Bolangiz uxlayotgan yoki uyg‘oq holatda ekanligini sezasiz. Stetoskop yordamida bolaning yurak urishini eshitsa bo‘ladi. Siz uni o‘z ismi bilan chaqirayapsizmi?! |
21 hafta | Homilaning qonida infeksiyalarga qarshi kurashuvchi oq qon tanachalari shakllanadi. Uning tilida ta’m biluvchi retseptorlar paydo bo‘ladi. Hazm qilish tizimi homila suyuqligi tarkibidagi suv va shakarni o‘zlashtira oladi. |
22 hafta | Bolakay qo‘llari bilan yuzi va oyoqchalariga tegib, o‘zini o‘zi taniy boshlaydi. Plazma hisobiga qon hajmi ko‘payishda davom etadi. Plazma ko‘paygani hisobiga qon shaklli elementlari nisbati o‘zgaradi va homiladorlik anemiyasi kelib chiqadi. Bu davrda ayollar ovqatlanish sifatiga e’tibor qaratishlari zarur, temirga boy bo‘lgan mahsulotlar ko‘proq iste’mol qilish kerak. |
23 hafta | Bu haftada homila terisi qizil rangda bo‘ladi, chunki teri osti yog‘ qavati, teri usti qoplamalariga nisbatan kechroq shakllanadi. Tana massasi taxminan 510 gr ni tashkil etadi. Bolakayning ko‘p harakatlanishi tufayli ayolda bezovtaliklar kuzatiladi. Chunki bolakay tezroq dunyoga kelishni istaydi. Bunday paytda ko‘proq sayr qiling, bolangiz bilan suhbatlashing, unga e’tiborni qarating. |
24 hafta | Homila tana vazni ancha oshganligi hisobiga ayolda bosh og‘riqlar, siydik qopida o‘zgarishlar, oyoqlarda og‘riq va umumiy holsizlik alomatlari boshlanadi. Homila vazni 600 gr, bo‘yi esa 30 sm ni tashkil etadi. Yog‘ va ter bezlari shakllanadi. Uning yuzi to‘liq shakllanadi va u tug‘ilganda xuddi shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Kiprikchalar va qoshlar shakllanadi, agar bola muddatidan avval shu haftada tug‘ilsa yashab qolishi mumkin. |
25 hafta | Bachadoningiz hajmi futbol to‘pi bilan tenglashadi va u diafragma, oshqozonni ezishni boshlaydi. Homila vazni 700 gr bo‘ladi. O‘ng va chap tomonlari farqlana boshlaydi. |
26 hafta | Homila harakati shunchalar sezilarliki, hatto uni yon atrofdagi insonlar ham ko‘rishadi. Bolakay bilan yaqindan tanishishni boshlash kerak. Hozirgi kayfiyatingiz bolaga juda katta ta’sir qiladi. ko‘zlarini ocha boshlaydi, ko‘zlar rangi tug‘ilganda o‘zgarishi mumkin. |
Homiladorlik davri uchinchi trimestr
27 hafta | Muddatidan avval tug‘ilish kuzatilsa, bolaning yashab qolish darajasi 85 % ni tashkil qiladi. Ammo o‘z vaqtida tug‘ilishi uchun yana 13 hafta kerak bo‘ladi. Bolakay bachadon ichida “siqilib ketish”ni boshlaydi. Uning vazni 900 gr ni tashkil etadi. Ko‘ruv sezgisi shakllanib turli xildagi ranglarni tezroq ko‘rishni xohlaydi. |
28 hafta | Bu haftaga kelib homilaning tug‘ilishi yuridik jihatdan shaxs sifatida qaraladi. Miyaning turli sohalari shakllangan bo‘ladi va hajmi kattalasha boradi. Boshda sochlar ham sezilarli darajada ko‘payadi. Tana vazni 1 kg dan ortiqroq bo‘ladi. Ko‘krak bezida kolostrum yoki moloziva hosil bo‘ladi. Organizm tug‘ish jarayoniga tayyor bo‘ladi. |
29 hafta | Homila tug‘ilishga va bachadondan tashqarida yashashga tayyor bo‘ladi. Tana haroratini boshqara boshlaydi. Uning terisi zichlashib o‘zida yog‘ to‘playdi. |
30 hafta | Bolakayingiz siz joylashgan xonaga moslasha boshlaydi. Yorug‘ xonalarni taniy boshlaydi. Oila a’zolaringizni farqlay boshlaydi. Tana vazni ortganligi sababli harakatlanishi kamayadi. Bu davrga kelib umurtqalarga e’tiborni kuchaytiring, yurishda, o‘rindan turishda biror-bir jismga tayaning. Chunki bu davrdan boshlab bel og‘rishlari o‘zini namoyon qila boshlaydi. |
31 hafta | Homilaning vazni 1,5 kg atrofida bo‘ladi. O‘zi “istiqomat” qilayotgan joyini kengaytirmoqchi bo‘lib, boshini pastga, oyoqlarini yuqoriga yo‘naltiradi, bosim beradi. Hafta oxiriga kelib bel og‘rig‘i deyarli barcha ayollarni bezovta qiladi. buning sababi beldagi mushak va boylamlar tug‘ish jarayoni uchun “dam oladilar”. Ko‘pincha oyoq venalari kengayadi. |
32 hafta | Homilaning bo‘yi 40 sm ni tashkil qiladi. oxirgi haftalarga kelib bola tashqi muhitdagi har qanday tovushlarni eshitadi. Bu davrda bola bilan ko‘p gaplashing, unga alla ayting. |
33 hafta | Ushbu haftaga kelib homila o‘pkasida surfaktant moddasi hosil bo‘ladi va bola bachadondan tashqarida nafas olishga tayyor bo‘ladi. Bolakay o‘z holatini o‘zgartiradi, ya’ni boshi pastga keladi va tug‘ilishga tayyorlanadi. Homila holati va tug‘ish jarayoni haqida shifokordan maslahat olish kerak bo‘ladi. |
34 hafta | Homila siz iste’mol qilayotgan mahsulotlar orqali ta’m bilish sezgisini kuchaytirib boradi. Bu davrda ko‘proq Brekston Xiks to‘lg‘oqi kuzatiladi. Bu bachadon yuqori qismida og‘riqli siqish bo‘lib, ma’lum muddatdan keyin o‘tib ketadi. |
35 hafta | Bolakay tirnoqlari o‘sib barmoqchalar chetigacha o‘sib boradi. U tug‘ilganda tirnoqlari uzun va yuzlarida kichik jarohatlar bo‘lishi mumkin, o‘z o‘zini tirnashi hisobiga. Homila vazni 2 kg 200 gr ga yaqinlashib qoladi. |
36 hafta | Bolakay yuzi va lunji to‘lishgan va silliq ko‘rinishga keladi. Chunki u bosh barmog‘ini so‘rib, tu’gilganda ona ko‘kragini emishga tayyorlangan bo‘ladi. |
37 hafta | Tug‘ish jarayonining boshlanishidan darak beruvchi hafta. Bolakayning boshi kichik chanoqqa tiqilib keladi (agar noto‘g‘ri joylashmagan bo‘lsa). Shuning uchun ayol biroz yengillikni his qiladi, chunki bosim kamayadi. Endi sizning homilangizni yetilgan desa bo‘ladi. Uning vazni 2,5 kg ga yetadi. |
38 hafta | Oxirgi haftalar ichida homila ichaklari qoramtir-yashil rangli modda yig‘adi. Bu mekoniy deb nomlanadi, u qon hujayralari va o‘lgan ichak to‘qimalaridan iborat bo‘ladi, u qog‘onoq suvidan ham hosil bo‘ladi. |
39 hafta | Bachadon bo‘yni ochilishi kuzatiladi. Siydik qopiga bo‘lgan bosim butun homiladorlik vaqtida bo‘lganlarning eng kuchli darajasiga yetadi. Ko‘pgina ayollar tug‘ish jarayoni yaqinlashgani sababli asabiylashadilar. Homilaning tana vazni kuniga 30-32 gr.ga oshib boradi. |
40 hafta | Tug‘ruq jarayonini kutib, o‘zingizni xotirjam tuting. To‘lg‘oq boshlanishi, bachadon mushaklari siqishlari haqida yaqinlaringizni ogohlantirib qo‘ying va oldin rejalashtiring: qaysi tug‘uruqxonada tug‘ish kerak ekanligini. |
41 hafta | Bolakay hali ham bachadonda joylashishi va o‘sishda davom etishi mumkin, u “xavotirlana” boshlaydi, “qolib ketdim” deb. Agar tug‘ruq jarayoni kechsa, bolaning yangi muhitga moslashishi kuzatiladi. |
42 hafta | Statistika bo‘yicha 10 % homilador ayollar ushbu haftagacha yetib kelishadi. Xavotirlanmang, balki siz homiladorlik boshlanganini xato aniqlagandirsiz. Lekin, tug‘ish jarayoni haqida shifokor bilan maslahatlashish kerak bo‘ladi. |
43 hafta | Bu davrga kelib homiladorlik – muddatidan o‘tgan deb aytiladi. |
Tug‘ish | Tug‘ish jarayoni boshlangan davr. |
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.
Ilovani yuklab oling: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.lalu.homiladorlik
Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.
Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.