Homiladorlik davrida jinsiy aloqa qilish mumkunmi? Yoki Mumkun bo’lsaham qanday holatlarda?

Ba’zi er-xotinlar homiladorlik davrida homilaga ziyon yetkazib qo’yishdan qo’rqib jinsiy aloqadan umuman voz kechadilar. Aslida, agar homiladorlik vaqtida shifokorni alohida ko’rsatmasi bo’lmasa, jinsiy aloqani cheklash kerak emas. Faqat bir nechta oʻzgarishlar qilish kerak boʻladi.

Birinchi oyda, Odatda bu oyda ayol oʻzining homiladorligiga ham shubha qilmaydi. Bu vaqtda homila hattoki, UTTda ham koʻrinmasligi mumkin. Shu sababli bu oyda cheklashlar boʻlmaydi. Shunday bo’lsada etiborli bo’lishni zarari yo’q.


Ikkinchi oyida. Bu vaqtda kelib oila yangi mehmon toʻgʻrisida xabar topadi. Ayol hisobga turadi, tahlillar oʻtkaziladi. Tushish xavfi kabi belgilar boʻlganligi sababli odatda vrach tomonidan jinsiy hayot cheklanadi. Agar bunday xavf boʻlmasa, cheklash zarur emas.
Uchunchi oyda. Bu oy yakunida koʻpchilikda boʻladigan toksikoz tugaydi. Aynan shu sabab ham ayol jinsiy aloqani istamasligi mumkin.
To’rtinchi oyda toksikoz oʻtib ketgan, qorin hali katta emas (xalaqit beradigan darajada emas), ayol tetiklashgan boʻladi. Bu oyda jinsiy hayot cheklanmaydi. Faqat ona qorniga ortiqcha bosim boʻlmasligi kerak.
Beshinchi oyda koʻpgina ayollarda jinsiy mayllik oshadi. Tibbiy tomondan cheklashga koʻrsatma boʻlmasa, har bir daqiqadan unumli foydalaning.
Homiladorlikning 2-trimestrida ayolda bir qancha oʻzgarishlar boʻladi: shilliq qavatlarga qon quyiladi, shishib, koʻp miqdorda shilliq ajratadi, qin boʻshligʻi shish hisobiga torayadi. Shu sababli ham aynan shu vaqtda ayollar koʻproq aloqadan qoniqish his qilishadi.
Bu oyda qorin sezilarli kattalashadi va hafta sayin kattalashib boradi. Koʻpchilik boʻlgʻusi otalar ayolga yaqinlashishga ham qoʻrqadi. Qarshi koʻrsatma boʻlmasa, jinsiy hayotni davom ettirish mumkin, faqat qulay holatda.
Bu oyda jinsiy mayl ayolda pasayadi. Bunga sabab oldindagi tugʻruq va unga boʻladigan ehtiyojlar (tugʻruqxona, bolaning kiyimlari, joyi va b.). Lekin ushbu oyda ham jinsiy hayotning davom etishi endorfinlar ajralishiga va juftlikning quvonchiga sabab boʻladi.
Koʻpgina vrachlar tugʻruqqa qadar jinsiy aloqa bilan shugʻullanishni maslahat berishadi. Bu tugʻruq faoliyatini yaxshilaydi.

Homiladorlik davrida quyidagi hollarda jinsiy aloqa qilish man etiladi:

  • Homilaning tushish xavfi bo’lsa;
  • Homiladorlik davri muammolar bilan o’tayotgan bo’lsa;
  • Homiladorlikning dastlabki 3 oyida qon ajralmalar namoyon bo’layotgan bo’lsa;
  • Ayolning jinsiy aloqaga kirishish istagi bo’lmasa;
  • Homilaga yoki qoringa og’rilik tushadigan holda aloqa qilinsa;
  • Homilador ayolning eri jinsiy infeksion kasallik bilan kasallangan bo’lsa;
  • Homilaning muddatidan oldin tug’ilib qolish havfi bo’lsa;
  • Shifokor ma’lum sabablarga ko’ra aloqa qilishni man qilib qo’ygan bo’lsa.

Eng asosiysi homiladorlik tabiiy holat ekanligi haqida unutmaslik lozim. Agar ayol o’zini yaxshi his etib, eri bilan birga bo’lishni istab, homiladorlik davri muammosiz kechayotgan bo’lsa, jinsiy hayotni oldindagidek davom ettirish mumkin. Faqat aloqa holati qoringa va homilaga zarar yetkazmaydigan bo’lishi darkor.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x