Liboslarni yaxshi saqlash uchun nmalar lozim

Liboslarni yaxshi saqlash uchun nmalar lozim
Uyning ko’rkiga ko’rk bag’ishlaydigan va kiyimlarimiz xavfsizligini ta’minlaydigan shkaflarsiz hayotimizni tasavvur qilishimiz birmuncha qiyin. O’z bag’rida eng sevimli kiyimlaringizni saqlayotgan shkaflarga ham bee’tibor bo’lmaslik kerak. Shu bois, shkaflarni hech bo’lmasa, bir yilda ikki marotaba (iloji bo’lsa har fasl almashishidan oldin) changdan tozalash lozim. Tozalab bo’lgach, shkafning eshiklarini keng ochib, biroz shamollatib olinsa, yanada yaxshi bo’ladi.

Shuningdek, shkafingiz ortiqcha kiyim-boshdan holi bo’lsin. Unda eng zarur kundalik va bayramona liboslaringiz joy olsin. Qolganlari mavsum kelgunicha yig’ib qo’yilgani yaxshidir.
Odatda, liboslar maxsus mato, qog’oz yoxud polietilen xaltalarda saqlanishi lozim. Biroq, ustki kiyim-kechaklar qog’oz xaltada yaxshiroq saqlanadi.
Mo’ynali palьtolarning ustiga naftalin sepib bo’lmaydi. Naftalin eng avvalo, palьtoning junini to’kib yuboradi. Shu bois, palьto oldin choyshabga o’rab olinadi. So’ng palьtoni qog’oz xaltaga solib qo’yasiz. Kuya tushmasligi uchun esa naftalinni xaltaning eng tagiga tashlab qo’yishning o’zi kifoya.
Mo’ynali telpak va shunga o’xshash bosh kiyimlar eski gazetaga o’ralgan holda saqlanadi. Oq rangdagi mo’ynali yoqa va qo’lqoplar qora matoga o’rab qo’yilsa, sarg’ayib ketmaydi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x