Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?

Homilador ayollarda birinchi ultratovush tekshiruvi qachon o‘tkaziladi?

Odatda, birinchi ultratovush tekshiruvi homila 11-12 haftalik bo‘lganda o‘tkaziladi.

Birinchi tekshiruvda quyidagi holatlar aniqlanadi:

▪️Homilaning yurak urishi tekshiriladi;
▪️Homila necha haftalik yoki kunlik bo‘lganini aniqlab, shifokorlar taxminiy tug‘ish vaqtini aytishadi;
▪️Homila nechtaligi aniqlanadi. Agar birdan ortiq chaqaloq kutayotgan bo‘lsangiz, shifokor buni ultratovush orqali ko‘rib aytadi;
▪️Ektopik homiladorlik holati bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ektopik homiladorlik deyilganda homilani bachadondan tashqarida rivojlanishi nazarda tutiladi;
▪️Genetik nuqsonlar tekshiriladi. Bu tekshiruvda homilada Daun sindromi, tug‘ma yurak kasalligi kabi yurakning jismoniy nuqsonlari bilan tug‘ilish ehtimoli bor yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun ensa bo’shlig’i tekshiruvi ham o‘tkaziladi.

Kanalimiz 👉 Lalu — Homiladorlik maktabi (https://t.me/homiladorlik_maktabi)

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x