Homilador ayol bilishi kerak bo‘lgan 13 ma’lumotlar

Ona vujudidagi mitti yurakning ovoz berishi juda yoqimli holat. Ayniqsa, uning harakatlanishi o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Xo‘sh, to‘palonchi hali tug‘ilmasidan yana qanday shumliklar qiladi?

1. Homila 11 haftalik bo‘lgach, bachadon devori bo‘ylab «yurish»ni boshlaydi.

2. 9 haftalik bo‘lgan homila onasi bilan muloqotga kirishishni istab, yengil harakatlanadi. Ammo juda kichik bo‘lgani uchun biz buni sezmaymiz.

3. Homila 30 haftalik bo‘lganida esnaydi, 32 haftaligida esa qo‘llarini harakatga keltirib, o‘ynaydi. Ba’zan aynan mana shu muddatda o‘tkazilgan UTT tekshiruvida esnayotgan bolakayni ko‘rish mumkin.

4. Embrionning o‘g‘il yoki qiz farzand bo‘lishi 12 haftadan so‘ng ma’lum bo‘ladi. Unga qadar o‘tkazilgan UTT tekshiruvida esa bola jinsini aniqlab bo‘lmaydi.

5. 24 haftadan o‘tgan homila muddatidan erta tug‘ilganida ham yashab ketishi mumkin.

6. Buni qarangki, chaqaloqlarning atigi 5 foizigina shifokorlar aniqlagan muddatda dunyoga kelishadi.

7. 6 haftadan 11 haftagacha homila rivojlanishi jadal bo‘lib, buyrak va oshqozon a’zolari shakllanadi. Shunisi qiziqki, bu a’zolar atigi guruch donasidek kattalikda bo‘ladi.

8. Tug‘ilajak farzandingizning yurak urishini 22 haftadan so‘ng eshitolasiz. Buning uchun shifokorlar maxsus eshitish moslamasidan foydalanishadi.

9. Buni qarangki 16 haftalik homila barmoqlarini musht qilib, harakatlantirishi mumkin ekan.

10. Homilaning ichki a’zolari 6-oygacha shakllansa, undagi his-tuyg‘ular shu haftadan so‘ng yuzaga keladi.

11. Asabiy bo‘lsangiz, homiladorlikning 7 oyiga kelib, bu odatingizni bas qiling. Chunki yetti oylikdan so‘ng vujudingizdagi mitti «odamcha» tashqi omillarga ta’sirchan bo‘ladi.

12. Tug‘ilajak farzandingiz bilan ko‘proq suhbatlashing. Homila onasining ovozini yaxshi eshitadi.

13. Agar 9 oyni 100 foiz deb tasavvur qilsak, shundan 10 foiz vaqtda homila uyg‘oq bo‘ladi. Qolgan vaqtlarda esa uxlaydi.

Manba: «Sug‘diyona» gazetasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x