HOLVAYTAR

HOLVAYTAR — shirinlik turi. Holvaytar uchun qozonda yogʻ yaxshilab dogʻlanadi va bir oz sovutilgach, un solib aralashtiriladi. Soʻng qozonni olovga qoʻyib, un jigarrang tusga kirguncha qovuriladi. Boshqa bir idishda qay-natilgan suvda shakardan sharbat tay-yorlanadi. Tayyorlangan sharbat qozondagi qizartirib qovurilgan un ustiga quyiladi. Aralashma qaynagach, olo-vi pasaytirilib, 20— 25 min. davomida kovlab-kovlab pishiriladi. Holvaytar toʻq qizil tusga kirgach, qozon olovdan olinadi. Tayyor Holvaytar likopchalarga suziladi va sovigandan soʻng dasturxonga non bilan tortiladi. Holvaytarning gaʼmini yaxshilash uchun shakar yoki qandni eritayotganda ozroq vanilin qoʻshish mumkin. Holvaytar, asosan motam va diniy marosimlarda, shuningdek, ayrim oilalarda «arvohlar yoʻqlanadigan» payshanba kunlari tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x