HOJIYEV

HOJIYEV Azim (1933.18.12, Toshkent viloyati Toshkent tumani) — tilshunos. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2000), filol. fanlari d-ri (1968), prof. (1977). Oʻrta Osiyo un-tining filol. f-tini tugatgan (1956). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida kichik, katga ilmiy xodim (1959 — 69), boʻlim mudiri (1969-90), di-rektorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (1969 — 73; 1985-90), bosh ilmiy xodim (1998-y. dan). Oʻzbekiston FA Tilshunoslik in-tining direktori (1991—98), ayni paytda «Oʻzbek tili va adabiyoti» jur. ning bosh muharriri. Hojiyevning ilmiy ishlari oʻzbek tili grafikasi va imlosi, morfologiyasi (xususan feʼl turkumi) va soʻz yasalishi, leksikologiyasi va leksikografiyasi, termi-nologiyasiga, hoz. oʻzbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixiga bagʻishlangan. Oʻzbek tilshunosligi tarixida alohida oʻrin tutadigan «Oʻzbek tili grammatikasi» (1—2 j. lar, 1975—76), «Hozirgi oʻzbek adabiy tili. 1-qism» (1980), 2 j. li «Oʻzbek tilining izohli lugʻati» (1981), «Oʻzbek tili leksikologiya-si» (1981) va b. ilmiy asar, darslik, lugʻatlar Hojiyev ishtirokida tayyorlangan. Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi, «Lo-tin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi qonunlarini amalga oshirish maq-sadida yangi alifbo asosida yaratilgan «Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari» va «Oʻzbek tilining imlo lugʻati» (1995) ham Hojiyev rahbarligi va ishtirokida tuzilgan. Hojiyev hoz. kunda nashrga tayyorlanayotgan 4 j. li «Oʻzbek tilining izohli lugʻati»ning asosiy tuzuvchilaridan.

As: Oʻzbek tilida qoʻshma, juft va takroriy soʻzlar. T., 1963; Oʻzbek tili sinonimlarining qisqacha lugʻati, T.. 1963,Oʻzbek tilida koʻmakchi fsʼllar. T., 1966; Toʻliqsiz feʼl, T., 1970; Oʻzbek tili sinonimlari-ning izohli lugʻati, T., 1974; Hozirgi oʻzbek tilida forma yasalishi, T, 1979; Oʻzbek tilida soʻz yasalishi, T, 1989; Termin tanlash mezonlari, T., 1996; Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x