HOJIMUROD

HOJIMUROD (18-a. oxiri – 1852.23.4) — Kavkaz xalqlarining podsho Rossiyasiga qarshi koʻtargan myalliy ozodlik harakati rahbarla-ridan biri, Shomilning noibi.

Avar xonlariga yaqin xonadonda tugʻilgan va tarbiyalangan. Imom Hamzatbekka qarshi chorizm tomonidan uyushtirilgan suiqasdda faol qatnashgan (1834). Hamzatbekning oʻlimidan soʻng, chor Rossiyasining ishonchli odami Ahmadxon Mextulin bilan bir-galikda Avar xonligini boshqargan. A. Mextulin yuborib turgan maʼlumot-larga asosan, Hojimurod maxfiy ravishda Shomil bilan aloqa bogʻlaganlikda ayb-langan va rus maʼmurlari tomonidan qamoqqa olingan (1836). U qamoqsan qochib, Selmes ovuliga oʻrnashgan. Togʻliklarning ozodlik kurashi (q. Kavkaz urushlari)gya qoʻshilib, shomilning eng yaqin safdoshlari va noiblaridan biriga aylangan. jasur va qatʼiyatli shaxs sifatida podsho qoʻshinlariga qarshi koʻplab janglarda qatnashib, shuhrat qozongan va partizan urushida oʻzining butun harbiy qobiliyatini namo-yish qilgan. Imomlik ichidagi baʼzi tartiblar, ruslarga qarshi urush taktikasi va strategiyasi masalalaridagi ixtiloflar, shuningdek, Hojimurod xarakterida mavjud takabburlik va manmanlik natijasida u bilan shomil oʻrtasidagi munosabatlar buzilgan. 1851-y. 23 noyab. da Hojimurod ruslar tomoniga oʻtgan, biroq 1852-y. apr. da ulardan qochib, toqqa ketgan va Nuxa sh. dagi otishmalar paytida oʻldirilgan. Hojimurodning fojiali oʻlimi rus yozuvchisi L. N. Tolstoynmnt «Hojimurod» (1896—1904) qissasida oʻz aksini topgan.

LL. Degayev V. V., Imom Shamil: prorok, vlastitel, voin, M., 2001; Kaziyev Sh., Imam Shamil, M., 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x