HOJIMUQON

HOJIMUQON (asl ism-sharifi Muqon Mungaytpasov) (1871, hoz. Oqmoʻla viloyati Qorayetgel qishlogʻi — 1948.12.8, Jan. Qozogʻiston viloyati Aris qishlogʻi) — qozoq polvoni, yunon-rum kurashi boʻyicha pro-fessional kurashchilar oʻrtasida jahon chempioni (1909, Riga; 1911, Varshava). Toʻy kurashlarida chiniqqan Hojimuqon 1901-y. da Omsk sirkida ilk bor professional kurashchi bilan bellashgan. Peterburgga taklif etilgan. 2 y. davomida yunon-rum kurashi ustalari bilan birga shugʻullangan. 1904-y. parijda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada gʻolib chiqib, xalqaro maydonda tanilgan. U Yevropa mamlakatlarida asosan Vengriya,germaniya, Polsha, Fransiya, Afgʻoniston, Xitoy kabi mamlakatlarda oʻtkazilgan musobaqalarda qatnashib, 48 ta medalni qoʻlga kiritgan. H. Oʻzbekistonda ham boʻlgan, 1926-y. Toshkentda rus polvoni K. Buldni yenggan. Hojimuqon «Qozoq oʻlkasining qahramoni» faxriy un-vonini olgan (1927). 2-jahon urushi davrida Hojimuqon shahar-qishloqlarda polvonlik tomoshalari koʻrsatib toʻplagan mablagʻini harbiy samolyot yasash uchun topshirgan. Oʻrdaboshi tumani markazida Hojimuqon muzeyi bor (2001-y. ochilgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x