HOJIBEKOV

HOJIBEKOV Uzeir Abdul Husayn oʻgʻli (1885.17.9, Togʻli-Qorabogʻdagi Shusha sh. yaqinidagi Agjabedi qish-logʻi — 1948.23.11, Boku) — ozarbay-jon kompozitori, dramaturg, qashunos, pedagog, Xalq artisti (1938), Ozarbay-jonFAakad. (1945). Ozarbayjonda zamonaviy professi-onal musiqa sanʼ-ati va taʼlimi asoschisi. Moskvada musiqa kursi (1911) va Peter-burg konservatoriyasi (1914)da oʻqigap. Ozarbayjonda musiqa maktabi (1922), konservatoriya (1938—48 y. lar prof. va direktori; 1949-yildan Hojibekov nomida), Ozarbayjon xalq cholgʻu asboblari orkestri (1931), Ozarbayjon Davlat xori (1936) tashkilotchisi; 1945-yildan Ozarbayjon FAning Ozarbayjon Sanʼati in-ti direktori. Birinchi milliy operasi — «Layli va Maj-nun» (1907) bilan ozarbayjon musiqasida mutmga asoslangan janr yoʻnalishini boshlab bergan. U jami 7 opera – «Rustam va Suhrob» (1910), «Asli va karam» (1912) va b., 3 musiqali komediya |eng mashhuri «Arshin mol olon» (1913; filmi musiqasi uchun Davlat mukofoti, 1946) va b. ], 2 faptaziya, kantata, ommaviy qoʻshiq, romanslar, Ozarbay-jon Davlat gimni (1945), shuningdek, adabiy asarlar, «Ozarbayjon xalq musiqasi asoslari» (1945) va b. kitoblar muallifi. «Koʻr oʻgʻli» qahramonlik operasi (1937; Davlat mukofoti, 1941) ijodining choʻqqisi hisoblapadi. Hojibekov asarlari hayotiyligi, xalqchilligi, kuylarga boyligi, yorqin milliyligi, musiqiy vositalar ifodaviyligi bilan ajralib turadi.

Ijodi oʻzbek musiqali teatrining yuzaga kelishi va rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Oʻzbekistonda ozar-bayjon sanʼatkorlari gastrollarida «U boʻlmasa, bu boʻlsin», «Layli va Majnun», «Arshin mol olon» kabi asarlari namoyish qilingan. «Arshin mol olon» va «Layli va Majnun» asarlari 1920-y. lardan boshlab dastlab Toshkent («Turon», «Sharq sahnasi», «Kolizey» va b.) teatrlarida, keyinchalik koʻpgina oʻzbek musiqali teatrlarida qoʻyildi (jumladan, Oʻzbek davlat musiqali teatri, 1929, 1937); «Koʻr oʻgʻli» operasi Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1950—56). Hojibekovning uy-muzeylari Boku (1975-y. dan) va Shusha (1965) da faoliyat koʻrsatadi. As: Osnovы azerbaydjanskoy narodnoy muzmki, 3-izdaniye, Baku, 1985.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x