HINDSHUNOSLIK

HINDSHUNOSLIKHindiston xalqlari tarixi, madaniy merosi, gʻoyaviy qarashlari, adabiyoti, sanʼ-ati va tillarini, shuningdek, yangi davrda Hindistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy masalalarini oʻrganuvchi fanlar majmui. Hindshunoslik 19-a. boshida Yevropada shakllangan, ammo yevropaliklarning Hindistonga boʻlgan qiziqishi antikdavrdan boshlangan edi.

Abu Rayhon Beruniy Hindistonga safar qilgan chogʻida sanskritni, oʻlkaning geogr. si, madaniyati, adabiyo-ti, tarixi, falsafasi, qonunlari, dinlari, urf-odatlarini atroflicha oʻrgangan va oʻz bilimlarini «Hindiston» asarida bayon etgan. 1442—44 y. larda Abdurazzoq Samarqandiy Shoh-rux saroyining elchisi sifatida Hin-diston jan. dagi Kalikut, Hinavar, Mangalur, Bilur, Bokanur va Vijaya-nagar rojaliklarida diplomatik missiyani bajargan. Keyinchalik Xiva va Buxoro xonliklarining elchilari ham Hindistonda xizmat safarlarida boʻlib, unga oid maʼlumotlarni keltirganlar. Yevropada Hindshunoslik 15-a. oxirlarida Hindistonga ochilgan dengiz yoʻli tufayli yuzaga kelgan. Avvaliga Shim. Hindistonni tadqiq etishga eʼtibor berilgan. 18-a. oʻrtalarila esa Ost-Indiya kompaniyasining mazkur hududlarga kelishi tufayli butun oʻlkadagi tillar va ularning grammatikasini oʻrganishga eʼtibor kuchaygan. Yevropalik olimlar U. Kerri, Jilkroyt, U. Jons, Kolbruk va b. hindu tili va b. mahalliy tillar grammatikasini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshgan. Hindistonning jahon sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasi, buyuk maʼnaviy va tarixiy qadriyatlari, adabiyotiga boʻlgan zoʻr qiziqish Yevropa davlatlarida qator sharqshunoslik markazlarining shakllanishiga turtki boʻldi. 19-a. boshida ilk bor Parijda sansk-rit va qad. Hindiston tillarini oʻrganuvchi Hindshunoslik kafedrasi ochildi. 19-a. ning 2-choragidan boshlab Angliya, Fransiya, Germaniya, Skandinaviya davlatlari, keyinroq esa Rossiya va AQSHda Hindshunoslik sezilarli darajada rivoj topa boshlagan. 19-a. da buddizm va klassik filologiyani oʻrganishda turli mamlakat olimlari R. Rott, M. Myuller, A. Veber, A. Bergen, A. Lyudovik va b. samarali faoliyat koʻrsatganlar. Rossiyada Hindshunoslikka boʻlgan qiziqish rus sayyohi Afanasiy Nikitinning 15-a. da Hin-distonga qilgan sayohati tufayli kuchaydi. U oʻz sayohati toʻgʻrisida «Uch dengiz osha» asarida talaygina qiziqarli maʼlumotlar bergan. Keyingi asrlarda yuzlab rus savdogar va sayyohlari Hindistonga koʻplab safarlar qilganlar, sekin-asta diplomatik munosa-batlar rivojlana boshlagan. 1724-y. da Peterburgda Rossiya FA tashkil etilib, Hindshunoslik borasida ham fundamental tad-qiqotlar boshlab yuborildi. 20-a. ning boshlarida Hindshunoslik borasida tadqiqotlar olib borish jonlana boshladi, ayniq-sa 2-jahon urushidan soʻng Rossiya sharqshunosligida shakllangan yirik yoʻnalish sifatida ilmiy va siyosiy doiralarda talaygina yutuqlari bilan oʻz mavqeiga ega boʻldi. Rossiya FA Sharq-shunoslik in-ti, M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat un-ti qoshidagi Osiyo va Afrika in-ti, Moskva davlat xalqaro munosabatlar in-ti, jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosa-batlar in-ti, Diplomatik akademiya, Misr tadqiqotlari markazi, Xalqlar doʻstligi un-ti, Ijtimoiy fanlar boʻyicha ilmiy axborotlar in-ti, xorijiy tillar harbiy in-ti, Plexa-nov nomidagi Iqtisodiyot un-ti, Sankt-Peterburg davlat un-ti va b. oʻnlab ilmiy, oliy taʼlim muassasalari, akademiyalar va harbiy akademiyalarda Hindiston boʻyicha keng qam-rovli i. t. ishlari olib borildi, ular yuzasidan yuzlab risolalar, ilmiy monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, darsliklar, maʼlumotnomalar chop etildi. Taniqli rus hindshunos olimlari G. M. Bongard-Levin va G. F. Il-in tomonidan «Qadimgi Hindiston» (1969), Yu. P. Nasenkoning «Javohar-lal Neru va Hindiston tashqi siyosa-ti» (1975), V. K. Pleshakovning «Hin-distonda demokratiya: mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv» (1992) kitoblarida Hindshunoslikning dolzarb masalalari yoritib berildi.

Moskvada muntazam ravishda chop etilayotgan «Aziya i Afrika segodnya», «Vostok», «Nauka i religiya», «Mi-rovaya ekonomika i mejdunarodnne otnosheniya», «Indiya» oylik jur. va «Vestnik MGU» ilmiy toʻplamida Hindshunoslikka taalluqli tahliliy materiallar chop etib kelinmoqda. MDH miqyosida Du-shanba un-ti, Olmaota un-ti, Boku un-ti, Kiyev un-ti, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar in-ti va b. ilmiy, oʻquv muassasalarida Hindshunoslik bir maromda rivojlanib bormoqda. Hozirda Parij un-ti va uning tasarrufidagi i. t. institutlari va markazlarida budda dini, Hindshunoslikning ichki va tashqi siyo-sati, davlat tuzumi, falsafasi oʻqitilmoqda va i. t. lar olib borilmoqda. Buyuk Britaniyaning (London un-ti, Kembrij un-ti, Safiks un-ti va Oksford untlari), Germaniyaning (Geydelberg Jan. Osiyo in-ti, Tyu-bingen un-ti, Myunster un-ti, Ber-lin un-ti va Gamburg unti), Italiyaning (Milan unti) un-tlarida qad. Hindiston, Venetsiya un-tida esa hoz. Hindistonning dolzarb muammolari yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirildi. Hindshunoslik, shuningdek, Avstriyadagi Vena un-tida, Bolgariyadagi Sofiya un-tida, Polshadagi Krakov un-tlarida, Norvegiya, Ruminiya va Ispaniyaning oliy taʼlim dargohlarida ham rivojlanib bormokda. Hindshunoslik boʻyicha AQSHning Kolumbiya un-ti, Berkli un-ti, Chikago un-tlarida, Yaponiyaning Tokio va Osaka un-tlarida ham rivojlanmokda. Hindshunoslik, shuningdek, Misrning Qohira un-ti, Liviyaning Bengʻozi un-ti, Tripoli un-ti, JARning Yoxannesburg un-ti, Avstraliyaning Sidney un-ti, Turkiyaning istanbul untida malakali hindshunos mutaxassislar tadqiqotlar olib bormoqda.

Oʻzbekistonda ilmiy Hindshunoslikning shakllana boshlaganiga uncha koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. 1947-y. Toshkent Davlat un-ti Sharq fakultetida hind filologiyasi kafedrasi ochildi. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida 1950-y. xorijiy sharq mamlakatlari tarixi boʻli-mi, 1957-y. da Hindiston va Pokiston tarixi, iqtisodi va madaniyati sektori tashkil topdi. Oʻzbek sharqshunos-hindshunos olimlaridan A. Oʻrin-boyev («Abdurazzoq Samarqandiyning Hindiston safarnomasi»), S. AzimjonovaKobul va Hindistonda Bobur davlati», «Humoyunnoma»), I. Nizo-middinov («Oʻrta Osiyo va Hindiston madaniy aloqalari tarixidan»), I. Hoshimov («Hindistonda boburiylar sulolasi saltanati») va b. Hin-diston tarixiga oid yirik tadqiqotlarni amalga oshirdilar.

Oʻtgan davr mobaynida hindshunos olimlarimiz tomonidan 50 dan ortiq ilmiy monografiya va risolalar chop qilindi. Ushbu asarlarni yozishda olimlarimizdan fan doktorlari akad. S. Azimjonova, A. Oʻrinboyev, I. Nizomiddinov, I. Hoshimov, M. Kutina; fan nomzodlaridan A. Qosimov, U. Oripov, S. Tansiqboyeva, N. Muhamedov, L. Yeremyan, S. Yermakova, D. Bekayeva, B. Obidov, M. Toshmuhamedov, A. Sahiboyev va b. tayyorlab nashr etdilar. Bu tadqiqotlar Hindiston tari-xi, ichki va tashqi siyosati, madaniya-ti, adabiyoti, Oʻzbekiston — Hindiston aloqalari va h. k. masalalarga bagʻishlangan boʻlib, Hindistonning oʻtmishi va hoz. hayoti haqida mufassal maʼlumotlar beradi. Oʻzbekistonda hin-diy va urdu tillarini oʻrgatish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 1990-y. dan alohida in-t boʻlib tashkil topgan Toshkent sharqshunoslik in-ti Jan. Osiyo xalqlari tillari kafedrasida yetuk hind-shunos mutaxassislar talabalarga hin-diy, urdu, panjobi, bengal tillaridan saboq bermoqsalar. Sharq mamlakatlari tarixi, adabiyoti kafedralarida Hindiston tarixi, adabiyoti fanlari oʻqitiladi. Ushbu in-tda fan doktorlaridan T. Gʻiyosov (tarix), O. Shomatov (filolog), fan nomzodlari S. Agʻzamo-va, H. Begizova, U. Muhibova, T. A. Xoʻ-jayeva, A. Ibrohimov, S. Yoʻldoshev kabi mutaxassislar dars berish bilan birga i. t. lar ham olib bormoqdalar.

Oʻzbekiston hindshunoslarining nomlari xalqaro va siyosiy doiralarda yaxshi tanilgan va ular Hindistonning tarixi, ichki va tashqi siyosati, siyosiy partiyalari, diplomatiyasi, xotin-qizlar harakati, falsafasi, milliy-ozodlik kurashi, adabiyoti, tillari masalalari, Oʻzbekiston — Hindiston aloqalari, madaniyati va b. muhim jihatlarini chuqur tadqiq etib kelmoqsalar. T. Gʻ. Gʻiyosovning «Qa-dimgi Hindiston tarixi» (2000), I. M. Hoshimov va M. M. Kutinaning «Hindiston Milliy Kongressi va Hindistonda mintaqaviy jamoat tashkilotlarining faoliyati» (1980), I. Gʻ. Nizomiddinovning «Boburiylar davlati» (1983), S. M. Agʻzamova, B. Obidovning «Hozirgi Hindiston» (1991), O. N. Shomatovning «Janubiy Osiyo tillariga kirish» (2003) kabi asarlari chop etildi.

Oʻzbekistonda Hindshunoslikni rivojlantirishda, asosan, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti, Toshkent sharqshunoslik in-ti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar in-ti olimlari samarali faoliyat koʻrsatmoqda. Mamlakatda chop etilayotgan «Sharqshunoslik», «Sharq mashʼali», «Vostokovedeniye», «Mayak Vostoka» ilmiy jur. larida Hindistonning turli jihatlarini yorituvchi maqolalar berib borilmoqda. Toshkentda «Oʻzbekistonda — Hindiston doʻstlik jamiyati» faoliyat koʻrsatmokda. Tagor, Premchand, Krishan Chandr, Jafriy, Ahmad Abbos va b. hind yozuvchi va shoirlarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilinib nashr etilishi ham respublikada Hindshunoslikni rivojlantirishga hissa boʻlib qoʻshiladi.

Ad.: Bibliografiya Iidii, M., 1976.

Bobir Gʻiyosov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x