Hayz vaqtida ogʻriq boʻlishi – dismenoreya

Oʻsmirlarda dismenoreya – oʻsmirlik davrida yuzaga chiquvchi va hayz koʻrish bilan bogʻliq boʻlgan kichik chanoq sohasida kuzatiladigan ogʻriqlar va kompleks oʻzgarishlardir. Kasallik, hayz vaqtida ogʻriq hayz koʻrish boshlanganda qorin pastki sohasida va chanoq sohasidagi ogʻriqlar, vegetativ-qon tomir, neyrovegetativ, endokrin, psixoemotsional buzilishlar bilan namoyon boʻladi. Qonda jinsiy gormonlar miqdori va magniy mkroelementi miqdorini oʻlchash, nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar yordamida sinama oʻtkazish, kichik chanoq sohasi aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi maʼlumotlariga asoslanib tashxis qoʻyiladi. Kasallikni davolashda prostoglandinsintetaza ingibitorlari, progestinlar, magniy preparatlari, fizioterapiya muolajalari olib boriladi.

Dismenoreya nima?

Dismenoreya (algodismenoreya, algomenoreya) – oʻsmirlik davrida eng koʻp uchraydigan patologik holatlardan biri boʻlib, deyarli 43-90 % qiz bolalarda qayd etiladi. Oʻsmirlar ginekologiyasi sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxasisslarning qayd etishicha kasallik koʻpincha vegetativ qon tomirlar distoniyasi, miopiya, skolioz, yassi oyoqlik, mitral klapan nuqsoni, oʻt yoʻllari diskineziyasidan aziyat chekuvchi qizlarda yuzaga chiqadi. Katta yoshdagi bemorlardan farqli ravishda qiz bolalarda dismenoreya holati funksional boʻlib, koʻpincha yoshi katta boʻlgan sari kasallik belgilari kamayib boradi va homiladorlik roʻy berganidan soʻng butunlay yoʻqolishi ham mumkin.

Foto: www.berkeleycommunityacu.com

Oʻsmirlarda dismenoreya sabablari?

Koʻp holatlarda oʻsmirlik davrida hayz koʻrish vaqtida ogʻriqlar yuzaga kelishi qiz bolalar jinsiy aʼzolar tizimining oʻziga hos rivojlanishi va bu tizimning gipotalamo-gipofizar boshqarilishidagi xususiyatlariga bogʻliq. Ogʻriq kelib chiqishida bachadon mushaklarining tartibsiz qisqarishi va bunga sabab boʻluvchi bir qancha omillar mavjud, ular quyidagilar boʻlishi mumkin:

Lyutein fazasining qisqaligi

Hayz siklining doimiy boʻlishiga qaramay ayrim qizlarda ovulyatsiya fazasi roʻy bermaydi, natijada sariq tana funksiyasida yetishmovchilik kuzatiladi. Esterogen va progesteron gormonlari nisbatining buzilishi bachadon mushaklarini qisqaruvchanligini oshiruvchi biologik aktiv moddalar – prostoglandinlar va vazopressinlarni aktivlashtirib yuboradi. Bu jarayon toʻqimalar ishemiayasiga sabab boʻladi va ogʻriq mediatorlari ajralib chiqishiga olib keladi.

Biriktiruvchi toʻqima tugʻma displaziyasi

Bunday holatda magniy elementining hujayra ichida yetishmasligi kuzatiladi. Displaziya fonida bachadonada tugʻma anomaliyalar rivojlanadi, bachadonning oldinga bukilishi va bachadon endometriy qavatining hayz koʻrish vaqtida deskvamatsiyasining qiyinlashuvi bilan kechadi. Normada magniy elementi antispastik effektga ega, yaʼni bu element endogen opiatlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantiradi va markaziy nerv tizimi ogʻriqni kam qabul qiladi.

Nasliy omil

Hayz koʻrish vaqtida ogʻriq kuzatilishi nasliy omilga ham bogʻliq, yaʼni 30 % qiz bolalarda hayz koʻrishdagi ogʻriqlar ularning onalarida ham kuzatiladi. Bundan tashqari, ogʻriqlarga sabab bachadon boʻyni gipertonusi, spazmi, endometriy koʻchishida ishtirok etuvchi proteazalarning yetarlicha boʻlmasligi boʻlishi mumkin. Ogʻriqni kuchaytiruvchi holatlarga jismoniy zoʻriqish, stress holatlari (sovuq qotish, isib ketish, infeksion kasalliklar, psixotravmalar) ham kiradi.

Bachadon adenomiozi va endometriozi

Ikkilamchi dismenoreyaga sabab bachadon adenomiozi va endometriozidir. Hayz koʻrish davrida ogʻriq hissini sezuvchi oʻsmirlaning deyarli 70 % ida endometrioz oʻchoqlari aniqlanadi, bunday qiz bolalar ogʻriq vaqtida nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar va gormonlar qabul qilsalar ham ogʻriq hissi kamaymaydi. Ogʻriqqa sabab boʻluvchi kasalliklarga jinsiy aʼzolar anomaliyasi (ikki shoxli bachadon, qin yoki bachadon toʻsigʻi), bachadon ichi sinexiyalari kiradi. Kam holatlarda ogʻriq sindromi endometrit, adneksit, salpingit va kichik chanoq aʼzoalari yalligʻlanish kasalliklari sabab boʻladi.

Hayz koʻrish vaqtida ogʻriq qanday yuzaga keladi?

Funksional dismenoreyalar rivojlanishida bachadon mushaklarini qisqarishini kuchaytiruvchi omillar disbalansi asosiy sabab boʻladi. Progesteron gormoni yetishmovchiligida prostaglandin E2, F2a sintezi kuchayib ketadi, biologik aktiv moddalar bachadon mushakalari qisqarishini kuchaytiradi. Buning natijasida bachadon ichki bosimi normal holatdan 2-2,5 marotaba kuchliroq boʻladi. Bu holatni kuchaytirishida esterogen gormoni miqdori oshishi ham vazopressin taʼsir koʻrsatadi va jarayonni yanada chuqurlashtiradi.

Prostaglandin F2a va vasopressin taʼsirida bachadon mushakalar trofikasi buziladi va oraliq moddalar koʻpayadi. Lokal ishemiya va bachadon distoniyasi ogʻriq mediatorlari toʻplanishga sabab boʻladi va ular nerv oxirlariga taʼsir etadi. Prostoglandinlar nafaqat kichik chanoq aʼzolariga balki umumiy tizimga taʼsir etadi, yaʼni bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, qorin dam boʻlishi, peshob ajralishining koʻpayishi, ogʻiz qurishi va boshqalar. Jarayonni murakkablashtirishda magniy elementining yetishmovchiligi ham qatnashadi.

Organik dismenoreyalar asosiy kasallik natijasida hayz koʻrish vaqtida ogʻriq namoyon boʻlishi bilan kechadi. Endometriozda endometriy qavatining koʻchishi yondosh toʻqimalarning qoʻzgʻalishi natijasida roʻy beradi. Kichik chanoq boʻshligʻi yalligʻlanish kasalliklari natijasida qon tomirlar spazmi, mediatorlar toʻplanishi ogʻriq namoyon boʻlishi bilan kechadi. Tugʻma anomaliyalar esa bachadonning oʻziga xos anatomik tuzilishi hayz koʻrish vaqtida endometriy qavati va qon oqimining qiyinlashuvi bilan tushuntiriladi.

Dismenoreya tasnifi

Dismenoreyani klassifikatsiyalashda kasallik etiopatogenezi, rivojlanish dinamikasi va ogʻirlik darajasiga asoslanadi. Koʻpincha oʻsmir qiz bolalarda birlamchi dismenoreya (funksional, essensional, idiopatik) kuzatiladi, bunda jinsiy aʼzolarda oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Kam holatlarda ikkilamchi dismenoreya (orttirilgan, organik) jinsiy aʼzolar kasalliklari natijasida kelib chiqadi. Kasallikning kompensatsiyalangan turida kasallik belgilari hayz koʻrishdan keyin kuchaymaydi, yaʼni keyingi hayz koʻrish vaqtida belgilar avvalgidek namoyon boʻladi. Dekompensatsiyalangan dismenoreyada kasallik belgilari kuchayib boradi. Kasallikninb ogʻrilik darajasiga qarab 3 ta darajasi farqlanadi:

I daraja. Ogʻriq kuchsiz, aʼzolar tizimida oʻzgarishlar yoʻq. dismenoreya holati qiz bola hayotiga taʼsir etmaydi, dori preparatlar qabul qilish umumiy holatdan kelib chiqib buyuriladi.

II daraja. Ogʻriq natijasida qiz bola ish qobiliyati pasayadi va diskomfortlar tugʻdiradi. Vegetativ oʻzgarishlar kuzatilishi mumkin. Ogʻriq qoldiruvchi preparatlar buyurish yaxshi samara beradi.

III daraja. Kuchli va doimiy ogʻriq qiz bola ish faoliyati, faolligi cheklanadi, vegetativ simptomlar yaqqol namoyon boʻladi, kompleks medikomentoz davo muolajalarini oʻtkazish kerak boʻladi.

Oʻsmirlarda dismenoreya belgilari

Funksional dismenoreya qiz bola balogʻat yoshiga yetganidan soʻng 1,5-2 yil oraligʻida rivojlanadi. Dismenoreyaning asosiy belgisi – qorinning pastki qismi, bel, chanoq sohasida ogʻriq, ogʻriqning hayz koʻrish boshlanishi bilan 24 soat ichida eng yuqori choʻqqisiga chiqishi va 2-3 kun davom etishi kuzatiladi. Hayz koʻrishdagi ogʻriq oʻtkir, kesuvchi, siquvchi, kam holatlarda toʻmtoq va kuchsiz namoyon boʻladi. Ogʻriq oyoqqa, togʻri ichakka tarqalishi ham mumkin. Ikkilamchi dismenoreya, yaʼni endometrioz natijasida kelib chiqadigan ogʻriq 5 kungacha davom etishi va bunda doimo qindan qonli suyuqliklar ajralib turishi roʻy beradi. Koʻpgina bemorlarda dismenoreya bachadondan qon ketish, ovulyatsiya sikli bilan bogʻlik oʻzgarishlar va hayz oldi sindromi bilan kechadi.

Kasallikning oʻgir darjalarida vegeto-qon tomir va neyrovegetativ oʻzgarishar ham yuzaga chiqadi, qizib ketish, koʻp terlash, peshob ajralishining koʻpayishi, qorin dam boʻlishi, ich qotishi, ogʻiz qurishi, koʻp soʻlak ajralishi, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi, yurak qisqarishlar soni oshishi yoki kamayishi, hushdan ketish, kardialgiya, yuz va qovoqlarning shishi koʻzga tashlanadi. Endokrin oʻzgarishlar umumiy holsizlik, artralgiya, qayt qilish va terida toshmalar paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladi. Baʼzida tana harorati 38 oC gacha koʻtarilishi ham mumkin. Oʻsmir qizlar xulq atvorida ham oʻzgarishlar kuzatiladi, ular qoʻzgʻaluvchan, depressiyaga moyil, uyquchan, ishtahaning pasayishi holatlariga tushadi.

Hayz vaqtidagi ogʻriq asoratlari

Domiy hayz davrida ogʻriqlar va tizimli oʻzgarishlar oʻsmir hayot sifatini pasayishiga olib keladi. Nerv tizimining zaiflashib borishi astenik sindromlar, zotiraning pasayishi va ish qobilyatining pasayishiga olib keladi. Qiz bolalarda ijtimoiy moslashuvchanlik va turli xil psixik oʻzgarishlar ham rivojlanishi mumkin. Pubertat davrda dismenoreyadan aziyat chekkan qizlarda 30-35 yoshlarga kelib gormon talab etuvchi kasalliklar – endometriy giperplaziyasi, bachadon miomasi, genital endometrioz rivojlanish ehtimoli yuqori boʻladi. Ikkilamchi dismenoreya holatining uzoq muddat davom etishi va jinsiy aʼzolardagi boshqa patologiyalar qiz bolaning homilador boʻlish qobiliyatini yoʻqotishi ham mumkin.

Dismenoreya diagnostikasi

Hayz koʻrish vaqtida ogʻriq his etuvchi qiz bolalarda kasallikni tashxislashdan asosiy maqsad – patologiya funksional yoki organik ekanligini aniqlashdir. Dismenoreya kasalligini aniqlashda quyidagi tekshiruv usullari yaxshi maʼlumot beradi:

Jinsiy gormonlar miqdorini aniqlash

Hayz siklining sekretor fazasi yetishmovchiligida odatda estradiol va follikulstimullovchi gormon miqdori normal koʻrsatkichda, ammo progesteron va lyuteinlovchi gormon miqdori esa past koʻrsatkichda boʻladi.

Qonda magniy elementi miqdorini tekshirish

Qonda 80 % dan kam magniy elementi aniqlanishi – gipomagniyemiya deb yuritiladi. Dismenoreyadan aziyat chekvchi qizlarning deyarli 70 % ida magniy yetishmovchiligi aniqlanadi, bunga sabab esa tugʻma biriktiruvchi toʻqimalar displaziyasidir.

Kichik chanoq aʼzolari UTT (UZI) tekshiruvi

Ikkilamchi dismenoreya rivojlanishiga olib keluvchi organic kasalliklarni aniqlash maqsadida kichik chanoq aʼzoalari UTT tekshiruvi oʻtkaziladi. Murakkab vaziyatlarda UTT tekshiruvi bilan birgalikda kompyuter tomografiyasi, MRT tekshiruvlari, laproskopiya ham oʻtkaziladi.

Yalligʻlanish jarayoniga shubha qilinganda qindan surtma olish, uni bakteriologik tekshirish hamda PZR tekshiruvlari ham oʻtkaziladi. Dismenoreya oʻtkir appenditsit, tuxumdon kistasi buralib qolishi, tuxumdonlar apopleksiyasi, yoʻgʻon ichak kasalliklari, sistit va kichik chanoq oʻsma kasalliklari bilan differensatsiya qilinadi. Koʻrsatma boʻyicha qiz bolalar jarroh, gastroenterolog, urolog, proktolog va onkolog koʻrigiga yuboriladi.

Hayz vaqtida ogʻriq davosi

Kasallikni davolash uning etiologiyasi hamda klinik belgilarning namoyon boʻlish darajsiga qarab belgilanadi. Davo muolajalari asosan ogʻriq hissini barataf etishga qaratilgan boʻladi, hamda bemorda nerv tizimi bilan bogʻliq boʻlgan muammolar rivojlanmasligi profilaktikasi koʻriladi. I darajali dismenoreya holatida normal kun tartibi, uyqu tartibi, dam olish tartibi, jismoniy va ruhiy zoʻriqmaslik, vitamin va minerallarga boy boʻlgan mahsulotlar isteʼmol qilishning oʻzi kifoya. Samarali fizioterapevtik usullar – amplipuls, diadinamometriya, magnitoterapiya, refleksoterapiya, akupressiya va flyuktuorizatsiya hisoblanadi. Kuchli ogʻriq boʻlganda nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar buyuriladi.

Nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar

Koʻpgina nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar prostaglandinalarni bloklaydi va hayz koʻrish vaqtida yuzaga chiqadigan ogʻriqni kamaytiradi.

Tabiiy progestinlar

Lyuteinlovchi davrda endogen progesteron yetishmovchiligi oʻrnini toʻldiradi. Endometriy proliferatsiyasini kamaytiradi va bachadon shilliq qavati hujayralarining toʻliq tiklanishiga yordam beradi. Bachadon va uning nayi silliq mushaklari spazmi va qisqaruvchanligini kamaytiradi.

Davo muolajalari samaradorligini oshirish uchun qoʻshimcha ravishda magniy prepratalri ham buyuriladi. Simptomatik davo sifatida spazmolitiklar ham tavsiya etiladi. Nerv tizimidagi oʻzgarishlarni bartaraf etish uchun oʻsimliklardan tayyorlangan tinchlantiruvchi vositalar, ogʻir holatlarda esa trankvilizatorlardan foydalaniladi. Hayz sikli buziladigan boʻlsa, vrach tavsiyasiga koʻra gormonal preparatlar qabul qilish kerak boʻladi. Dismenoreya ikkilamchi kasallik sifatida rivojlanadigan boʻlsa, asosiy kasallik standart davo choralariga asoslangan holda olib boriladi.

Kasallik oqibati va profilaktikasi

Dismenenoreya kasalligini aniq tashxislash va toʻgʻri davo muolajalarini olib borish ogʻriq hissidan toʻliq qutulishga olib keladi, hamda asoratlar rivojlanmasligini taʼminlaydi. Koʻpchilik bemorlarga nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar buyurilganda ogʻriq belgilari 2-3 oy ichida toʻliq yoʻqoladi. Kasallik profilaktikasida turli xil jismoniy va ruhiy zoʻriqishlardan cheklanish, sogʻlom hayot tarziga rioya etish va yil davomida 2 marotaba ginekolog koʻrigidan oʻtish zarur.


Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu — Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Hoziroq bepul yuklab oling

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x